Kontent qismiga oʻtish

Rijks muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Muzey bilgiqutisi

Rijks muzeyi (nemischa: [ˈrɛiksmyˌzeːjʏm]) Gollandiyaning Gollandiya sanʼati va tarixiga bagʻishlangan milliy muzey. Poytaxt Amsterdamda joylashgan[1][2]. Muzey janubiy Amsterdam tumanidagi Muzey maydonida, Van Gog muzeyi, Amsterdam Stedelijk muzeyi va Concertgebouw yaqinida joylashgan.

Rijks muzeyi 1798-yil 19-noyabrda Gaagada tashkil etilgan va 1808-yilda Amsterdamga koʻchirib oʻtkazilgan, u yerda dastlab Qirollik saroyida, keyinroq Trippenxuisda joylashgan. Hozirgi asosiy bino arxitektor Per Kuypers tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi marta 1885-yilda ochilishi boʻlib oʻtgan[3]. 2013-yil 13-aprelda, 375 million yevroga teng boʻlgan oʻn yillik taʼmirdan soʻng , asosiy bino Qirolicha Beatriks tomonidan qayta ochilgan[4][5][6]. 2013 va 2014-yillarda bu yer Niderlandiyadagi eng koʻp kishilar tashrif buyuradigan roʻyxatda rekord koʻrsatkichni qayd etdi: 2,2 milliondan 2,47 milliongacha mehmonlar tashrif buyurdilr[7]. Shuningdek, u mamlakatdagi eng yirik sanʼat muzeyidir.

Muzeyda 8000 ta sanʼat va tarixiy ashyolar mavjud. Ashyolarning asosiy qismi 1200-2000-yillarga oid. Jumladan Rembrandt, Frans Hals va Johannes Vermeerning baʼzi durdona asarlari oʻrin olgan. Muzeyda Osiyo pavilyonida kichik Osiyo kolleksiyasi ham namoyish etililadi.

Tarixmanbasini tahrirlash

XVIII asrmanbasini tahrirlash

Isaak Gogel (1765-1821)

1795-yilda Bataviya Respublikasi eʼlon qilindi. Moliya vaziri Isaak Gogelning taʼkidlashicha, milliy muzey Fransiyaning Luvridan oʻrnak olib, milliy manfaatlarning yuksalishiga xizmat qiladi. 1798-yil 19-noyabrda hukumat muzeyni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

1800-yil 31-mayda Gaagadagi Huis ten Boschda Rijks muzeyning fliali Milliy sanʼat galereyasi (gollandcha: Nationale Kunst-Galerij) ochildi. Muzey gollandiyalik shtatgalterlarning kolleksiyalaridan 200 ga yaqin rasmlar va tarixiy ob’ektlarni namoyish etgan.

XIX asrmanbasini tahrirlash

1805-yilda Milliy sanʼat galereyasi Gaaga hududidagi Buitenhofdagi shahzoda William V galereyasiga koʻchib oʻtdi.

1806-yilda Napoleon Bonapart tomonidan Golland Qirolligi tashkil etildi. Napoleonning ukasi qirol Lui Bonapartning buyrugʻiga binoan muzey 1808-yilda Amsterdamga koʻchirilgan. Oʻsha shaharga tegishli boʻlgan rasmlar, masalan, Rembrandtning "Tungi soat" asari kolleksiyaning bir qismiga aylangan. 1809-yilda Amsterdamdagi Qirollik saroyida muzeyning ochilishi boʻlib oʻtdi.

1817-yilda muzey Trippenhuisga koʻchib oʻtgan. Trippenhuis muzey uchun yaroqsiz joy boʻlib chiqdi. 1820-yilda tarixiy buyumlar Gaagadagi Mavritshuisga koʻchirilgan va 1838-yilda XIX asr „tirik ustalar“ — rassomlarning rasmlari qirol Lui Bonapartning Haarlemdagi sobiq yozgi Paviljoen Welgelegen saroyiga koʻchirilgan. 1863yilda Rijks muzeyning yangi binosi uchun dizaynlar tanlovi boʻlib oʻtdi, ammo taqdim etilganlarning hech biri yetarli darajada sifatli deb hisoblanmadi. Tanlovda Per Kuypers ham ishtirok etdi va uning taqdimoti ikkinchi oʻrinni egalladi[8].

1876-yilda yangi tanlov oʻtkazildi va bu safar Per Kuypers gʻalaba qozondi. Dizayn gotika va Uygʻonish davri elementlarining kombinatsiyasi bilan uygʻunlashgan edi. Qurilish 1876-yil 1-oktabrda boshlangan. Binoning ichki va tashqi koʻrinishi Gollandiya sanʼati tarixiga oid eslatmalar bilan bezatilgan. Ushbu bezaklar uchun yana bir tanlov oʻtkazilgan. Gʻoliblar B. van Hove va J.F. Vermeylen haykallar uchun, G. Sturm plitkalar jadvallari, rasm va WF Dixon vitrajlar uchun kuch sinashdilar. Muzey oʻzining yangi joyida 1885-yil 13-iyulda ochilgan[8]

1890-yilda Rijks muzeyining janubi-gʻarbiy qismida yangi bino qoʻshilgan. Bino vayron qilingan binolarning boʻlaklaridan qurilganligi sababli, Gollandiya arxitekturasi tarixining umumiy koʻrinishiga uygʻunlashgan va norasmiy ravishda „parchalangan bino“ sifatida tanilgan. U „janubiy qanot“ sifatida ham mashhur va 2013 yilda Philips Wing nomi ostida faoliyat yuritadi.

XX asrmanbasini tahrirlash

1959-yildan Gollandiya kinoxronikasi.

1906-yilda "Tungi soat" zali qayta qurilgan[8]. 1920-1950-yillar oraligʻida interyerda koʻproq oʻzgarishlar amalga oshirildi — koʻp joylar rangli devor bezaklari boʻyalgan. 1960-yillarda ikkita hovliga ekspozitsiya xonalari qurilgan. Binoda 1984, 1995-1996 va 2000-yillarda kichik taʼmirlash va qayta tiklash ishlari olib borilgan[9].

Muzeyning janubiy qanoti, yaʼni „parcha bino“ yoki „Filips qanoti“ nomi bilan ham tanilgan rekonstruksiya 1996-yilda yakunlandi, oʻsha yili muzey oʻzining XIX asr fotosuratlarining keng toʻplamini oʻz ichiga olgan birinchi yirik fotografiya koʻrgazmasini oʻtkazgan[10].

XXI asrmanbasini tahrirlash

2013-yilda taʼmirdan soʻng atrium

2003-yil dekabr oyida muzeyning asosiy binosi kapital taʼmirlash uchun yopilgan. Ushbu taʼmirlash vaqtida „parcha bino“da toʻplamdan 400 ga yaqin ashyolar, jumladan RembrandtningTungi soat“ va XVII asrning boshqa durdonalari namoyish etilgan[11].

Riskj muzeyni qayta tiklash va taʼmirlash ispan meʼmorlari Antonio Kruz va Antonio Ortizning dizayni asosida amalga oshirilgan. Koʻpgina eski ichki bezaklar qayta tiklangan va hovlilardagi yogʻochlar olib tashlangan. Taʼmirlash dastlab besh yil davom etishga rejalashtirilgan edi, ammo muddat kechiktirildi va oxir-oqibat taʼmirlash deyarli oʻn yil davom etdi. Taʼmirlash ishlari 375 million yevroga tushdi[5].

Binoni rekonstruksiya qilish 2012-yil 16-iyulda yakunlandi. 2013-yil mart oyida muzeyning asosiy sanʼat asarlari „parcha bino“dan (Filips qanoti) asosiy binoga koʻchirilgan. 2013-yil 13-aprelda asosiy bino Qirolicha Beatriks tomonidan qayta ochildi[4]. 2014-yil 1-noyabrda Philips qanoti Modern Times: XX asrdagi fotosuratlar ko‘rgazmasi uchun qayta ochilgan.

Direktorlar roʻyxatimanbasini tahrirlash

Qirolicha Beatriks va muzey direktori Vim Pijbes. 2013-yilda
  • Cornelis Sebille Roos
  • Cornelis Apostool (1808-1844)
  • Jan Willem Pieneman (1844-1847)
  • Johann Wilhelm Kaiser (1873-1883)
  • Frederik Daniël Otto Obreen (1883-1896)
  • Bartold Willem Floris van Riemsdijk (1897-1921)
  • Frederik Shmidt-Degener (1921-1941)
  • Devid Röell (1945-1959)
  • Artur FE van Shendel (1959-1975)
  • Saymon Levi (1975-1989)
  • Henk van Os (1989-1996)[12]
  • Ronald de Leeuw (1996-2008)[13]
  • Wim Pijbes (2008-2016)[14]
  • Taco Dibbits (2016-yildan hozirgi kungacha)[15]

Binomanbasini tahrirlash

Rijks muzey binosi Per Kuypers tomonidan ishlab chiqilgan va 1885-yilda ochilgan. U har bir markazda atriumli ikkita kvadratdan iborat. Markazdan kirish joyi orqali birinchi qavatda Faxriy galereyasiga oʻtiladi. Binoda kutubxona ham mavjud. Flibs qanoti nomi ostidagi alohida binoda Niderlandiyadagi arxitektura tarixini koʻrsatadigan qurilish qismlari mavjud. Rijks muzeyi 1970-yildan beri rijksmonument (milliy meros ob’ekti) hisoblanib, 1990-yilda Gollandiyaning 100 ta eng yaxshi merosi roʻyxatiga kiritilgan. Osiyo paviloni Cruz va Ortiz tomonidan ishlab chiqilgan va 2013-yilda ochilgan.

Rijks muzeyni taʼmirlash boʻyicha loyiha meʼmori Muriel Huismanning soʻzlariga koʻra, „Cruz va Ortiz har doim eski va yangi narsalar oʻrtasidagi sinergiyani izlashni yaxshi koʻrgan“. Rijks bilan „eski va yangi uslublar oʻrtasida hech qanday chegara yoʻq. Biz uni birlashtirishga harakat qildik. Biz buni asl binoga mos keladigan materiallarni izlash orqali qildik, natijada oʻziga xos sokin arxitektura paydo boʻldi“[16].

Toʻplammanbasini tahrirlash

Rijks muzey kolleksiyasi 1 million ashyolar va 1200-yildan 2000-yilgacha tegishli sanʼat, hunarmandchilik va tarixiy buyumlarga bagʻishlangan. Hozirda muzeyda 8000 ga yaqin eksponat namoyish etilmoqda[3].

Toʻplamda Gollandiyaning Oltin asriga oid Jeykob van Ruisdael, Frans Hals, Johannes Vermeer, Jan Stin, Rembrandt va Rembrandt shogirdlari kabi taniqli rassomlarning 2000 dan ortiq rasmlari mavjud[3].

Muzeyda Osiyo pavilyonida namoyish etilgan Kichik Osiyo kolleksiyasi ham mavjud[3].


Taco Dibbits maʼlumotlariga koʻra, 2012-yilda[17] muzey oʻzining Rijksstudio veb-platformasi orqali 125 000 ga yaqin yuqori aniqlikdagi rasmlarni yuklab olish uchun taqdim etgan[18]. Toʻplamlar direktori bir million asar toʻliq toʻplami tayyorlab, yiliga yana 40 000 ta rasm qoʻshishni rejalashtirmoqda[19]. 2021-yil yanvar holatiga ko‘ra, Rijksstudio Creative Commons 1.0 Universal litsenziyasi ostida mavjud bo‘lgan 700 000 ta asarga ega, ular asosan mualliflik huquqidan xoli.

Galereyamanbasini tahrirlash

Gollandiya imperiyasidagi qullik haqidagi vaqtinchalik koʻrgazmamanbasini tahrirlash

Sanʼat tarixiy mavzulardagi vaqtinchalik koʻrgazmalardan soʻng, Rijks muzeyi 2021-yilda Gollandiya mustamlaka imperiyasidagi qullik tarixiga bagʻishlangan koʻrgazmani taqdim etgan, unda milliondan ortiq odam qullikka majburlangani aks etgan[20]. Koʻrgazma XVII asrdan XIX asrgacha Surinam, Braziliya va Karib dengizidagi Atlantika qul savdosini, shuningdek, quldorlik bilan shug‘ullangan Gollandiyaning West India kompaniyasi (WIC) va Gollandiya Ost Indiya kompaniyasi (VOC) joylashgan Janubiy Afrika va Osiyodagi Gollandiya mustamlaka qulligini qamrab olgan. Koʻrgazmada qullarni saqlash uchun yogʻoch blok, rasmlar, arxiv hujjatlari, ogʻzaki manbalar, sheʼrlar va musiqalar kabi narsalardan tashqari, Gollandiyadagi uy qulchilik tizimining koʻrinishlari ham namoyish etilgan[21]. Doimiy kolleksiyada mamlakat boyligi va qudrati ramzi sifatida koʻrilgan 77 ta rasm va buyumlarga qullik bilan aloqalarni koʻrsatish uchun yorliqlar qoʻshilgan[22].

Ko‘rgazma 2021-yilning mayidan avgustigacha muzeyda ham jismoniy, ham onlayn versiyada taqdim etilgan[23]. U shaxsiy va real hayot voqealariga oid audio sayohatlar va videolar[24] hamda qullik nomli kitob bilan toʻldirilgan[25].

Tashrif buyuruvchilar sonimanbasini tahrirlash

yiltashrif buyuruvchilaryiltashrif buyuruvchilaryiltashrif buyuruvchilar
1975-yil1 412 0002000-yil1 146 4382010-yil896 393
2001-yil1 015 5612011-yil1 010 402
1992-yil1 216 1032002-yil1 100 4882012-yil894 058 [26]
1993-yil936 4002003-yil833 4502013-yil2 246 122 Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name
1994-yil1 002 0002004-yil812 1022014-yil2 474 352
1995-yil942 0002005-yil842 5862015-yil2 345 666
1996-yil1 275 0002006-yil1 142 1822016-yil2 200 000 (taxminiy)
1997-yil1 084 6522007-yil969 561
1998-yil1 229 4452008-yil975 977
1999-yil1 310 4972009-yil876 453

XX asrda 1 412 000 nafar sayyoh rekordiga 1975-yilda erishilgan.

1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Rijks muzeyga har yili 0,9 milliondan 1,3 milliongacha kishi tashrif buyurgan. 2003-yil 7-dekabrda muzeyning asosiy binosi 2013-yil 13-aprelgacha taʼmirlash uchun yopildi. Oʻtgan oʻn yillikda tashrif buyuruvchilar soni 0,8 million kishidan 1,1 milliongacha kamaydi[3]. 2013-yilda qayta ochilganidan beri sakkiz oy ichida muzeyga 2 million kishi tashrif buyurgan.

2013-yilda tashrif buyuruvchilar soni 2,47 millionga yetdi va rekord ko‘rsatkichga erishdi[7][27]. Muzey 2013 va 2014 -yillarda Gollandiyadagi eng koʻp tashrif buyurilgan muzey va dunyodagi eng koʻp tashrif buyurilgan 19-oʻrindagi sanʼat muzeyiga aylangan[7][28].

Kutubxonamanbasini tahrirlash

Rijks muzeydagi kutubxona

Rijks muzeydagi tadqiqot kutubxonasi Rijks muzeyning tarkibiga kiradi va Gollandiyadagi eng yaxshi va eng yirik ommaviy sanʼat tarixi tadqiqot kutubxonasidir.

Restoranmanbasini tahrirlash

Philips qanotida RIJKS® nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan 140 oʻrinli restoran mavjud[29]. Joris Bijdendijk 2014-yilda ochilganidan beri restoran oshpazi boʻlib ishlamoqda[30]. Restoran 2017-yilda Mishel yulduzi bilan taqdirlangan [31]

Manbalarmanbasini tahrirlash


Havolalarmanbasini tahrirlash

🔥 Top keywords: Main PageSpecial:SearchWikipedia:Featured picturesYasukeHarrison ButkerRobert FicoBridgertonCleopatraDeaths in 2024Joyce VincentXXXTentacionHank AdamsIt Ends with UsYouTubeNew Caledonia2024 Indian general electionHeeramandiDarren DutchyshenSlovakiaKingdom of the Planet of the ApesAttempted assassination of Robert FicoLawrence WongBaby ReindeerXXX: Return of Xander CageThelma HoustonFuriosa: A Mad Max SagaMegalopolis (film)Richard GaddKepler's SupernovaWicked (musical)Sunil ChhetriXXX (2002 film)Ashley MadisonAnya Taylor-JoyPlanet of the ApesNava MauYoung SheldonPortal:Current eventsX-Men '97