1941-yilgi Indianapolis 500

1941-yil 30-may, juma kuni Indianapolis 500ning 29-Xalqaro poygasi boʻlib oʻtdi. Poyga oʻtkaziladigan kun ombor maydonini qamrab olgan yongʻin tufayli poyga boshlanishi kechiktirildi. Hech kim jabrlanmagan, biroq bitta mashina vayron boʻlgan edi. Poyga 31 ta mashina bilan boshlandi (keyinchalik boshqa ishtirokchilar qoʻshilgan) va belgilangan masofa boʻyicha oʻtkazildi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Ikkinchi Jahon urushidagi ishtiroki boshlanishi bilan poygalar ham oʻtkazilmay qoʻyildi. Indianapolis 500 faoliyati 1946-yilgacha toʻxtatildi.

Yigirma toʻqqizinchi Indianapolis 500
Indianapolis Motor Speedway
Indianapolis 500
Sanksiya qiluvchi organ AAA
Sana May 30, 1941
Gʻolib Floyd Davis & Mauri Rose
Gʻolib jamoa Lou Moore
Oʻrtacha tezlik 115.117 mph
Pole natijasi Mauri Rose
Pole tezligi 128.691 mph
Eng tez aylanish Wilbur Shaw (107)
Musobaqa oldidan
Eng tez avtomashina Chrysler Newport Phaeton
Eng tez poygachi A.B. Couture
Starter Seth Klein[1]
Faxriy hakam Guy Vaughn[1]
Muxlislar 160,000[2]
Xronologiya
oldingisikeyingisi
19401942-45 (oʻtkazilmagan)

Poyga tafsilotlari

Sam Hanks poygadan bir kun oldin mashgʻulot paytida jarohat oldi va musobaqani tark etdi. Ammo yakuniy jadvalda Sam Hanks 33-oʻrin deb eʼlon qilindi.

Trassadagi yongʻin

Poyga kuni ertalab garaj hududida yongʻin chiqdi. George Barringerning orqa dvigatelli mashinasi yonib ketdi. Oʻsha paytda mashinaning yonilgʻisi (benzin bilan) boʻlgan. Yaqin atrofdagi garajda Joel Thornega payvandchi bilan ishlayotgan edi. Payvandlash paytida uchqunlar chiqib katta yong‘in sodir bo‘lhan va garajlarning janubiy qismining uchdan bir qismi yonib ketdi. Poyga boshlanishi bir necha soatga kechiktirildi va oʻt oʻchiruvchilar poyga kunidagi tirbandlik tufayli yongʻinni oʻchirish uchun Speedwayga yetib borishda qiynaldi. Barringerning mashinasi olib qoʻyildi va u 32-oʻrinni egalladi. Sam Hanks and Barringerning chiqib ketishi tufayli poygada atigi 31 ta mashina qatnashdi.

Wilbur Shaw

Ikki karra amaldagi chempion (va umumiy hisobda uch karra gʻolib) Wilbur Shaw 152-davrada peshqadamlik qildi. Ammo kutilmaganda halokatga uchradi. 2022-yil holatiga koʻra, hech bir haydovchi ketma-ket uch yil Indianapolis 500 gʻolibi boʻlmagan. Wilbur Shawning mashinasi asosiy yo‘lakdan pastga tushayotgan payt boshqaruvni yo‘qotgan va tashqi devorga urilgan. Wilbur Shaw belidan jarohat olgan va bir necha daqiqa harakatsiz qolgan. Yoqilg‘i to‘kilishiga qaramay, yonmagan va Shaw xodimlar tomonidan xavfsiz joyga oʻtkazilgan[3].

Natijalar

FinishStartNoIsm-sharifSaralashDarajaAylanishLDHolat
11716 Floyd Davis (aylanish 1-72)
Mauri Rose (aylanish 73-200)
121.1062520039Finish
221 Rex Mays128.301220038Finish
3284 Ted Horn124.29782000Finish
41054 Ralph Hepburn120.653282000Finish
5734 Cliff Bergere123.8901320010Finish
6941 Chet Miller121.540232000Finish
7415 Harry McQuinn125.44942000Finish
867 Frank Wearne123.890122000Finish
91845 Paul Russo125.21752000Finish
102027 Tommy Hinnershitz121.021272000Finish
112453 Louis Tomei121.070262000Finish
123155 Al Putnam121.951202000Finish
132626 Overton Phillips  R 116.298331870Finish
142725 Joie Chitwood120.329291770Finish
153017 Duke Nalon122.951171730Finish
161314 George Connor123.984101670Finishga yetib kelmadi
171247 Everett Saylor  R 119.860311550Finishga yetib kelmadi
1832 Wilbur Shaw  W 127.8363151107Finishga yetib kelmadi
19823 Billy Devore121.770211210Finishga yetib kelmadi
202562 Tony Willman123.920111170Finishga yetib kelmadi
211142 Russ Snowberger120.104301070Finishga yetib kelmadi
222932 Deacon Litz123.44015890OFinishga yetib kelmadi
23228 Frank Brisko123.38116700Finishga yetib kelmadi
24536 Doc Williams124.0149680Finishga yetib kelmadi
251610 George Robson121.57622660Finishga yetib kelmadi
2613 Mauri Rose128.6911606Finishga yetib kelmadi
271922 Kelly Petillo  W 124.4177480Finishga yetib kelmadi
281412 Al Miller123.47814220Finishga yetib kelmadi
29219 Mel Hansen124.5996110Finishga yetib kelmadi
301519 Emil Andres122.2661950Finishga yetib kelmadi
31235 Joel Thorne121.1632450Finishga yetib kelmadi
DNS35 George Barringer122.2991800Finishga yetib kelmadi
DNS28 Sam Hanks118.2113200Finishga yetib kelmadi
[4]

Saralashdan oʻtmagan poygachilar

  • Shorty Cantlon
  • Ira Hall (#38)
  • René Le Bègue (#21)
  • Bill Lipscomb  R  (#57)
  • Roy Russing  R  (#22)
  • Jean Trévoux  R  (#24)[5]

Manbalar