Allohning 99 nomi

Allohning Islom dinidagi ismlari

Bu maqolada Allohning 99 ismi (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni roʻyxat shaklida berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:

Imom Rizo maqbarasi
Allohning ismlarini hattotlik uslubida yozilishi.

Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz),Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“

Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad paygʻambar 99 raqamini keltirgan. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:

Ismlar roʻyxati va maʼnosi

#ArabchaOʻqilishiQurʼoni Karim sura va oyatida zikr qilinishiTarjima va maʼnolari
1.الرحمنRahmon surasi (55-sura)ning birinchi oyati faqat shu ismdan iborat.Mehribon — Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi.
2.الرحيمQurʼon: Birinchi va boshqa ayrim joylardan tashqari har bir suraning boshlanishida tilga olingan (Qurʼonda jami 114 ta sura mavjud).Rahmli — „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi. Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
3.الملك59:23, 20:114, 23:116Podsho — Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan oʻzga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi.Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.
4.القدوس59:23, 62:1Muqaddas, nuqsonlardan holi — Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir.
5.السلام59:23Ofat va balolardan salomat. Qutqarayotgan — „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
6.المؤمن59:23Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi.
7.المهيمن59:23Hamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
8.العزيز3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ — Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi.
9.الجبار59:23Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor — oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi.
10.المتكبر59:23Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir — kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi.
11.الخالق6:102, 13:16,[1] 36:81, 39:62, 40:62, 59:24Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir.
12.البارئ59:24Bori' — Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.
13.المصور59:24Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.
14.الغفار20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10Gʻaffor — Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi.
15.القهار12:39, 13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16Qahhor — Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi.
16.الوهاب38:9, 38:35Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.
17.الرزاق51:58Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
18.الفتاح34:26Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.
19.العليم2:158, 3:92, 4:35, 24:41, 33:40Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
20.القابض2:245Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
21.الباسط2:245Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
22.الخافض56:3; al-Kafʿamī (1992:38)Kofirlar martabasini tushiruvchi.
23.الرافع58:11, 6:83Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.
24.المعز3:26Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.
25.المذل3:26Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi.
26.السميع2:127, 2:256, 8:17, 49:1Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi.
27.البصير4:58, 17:1, 42:11, 42:27Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.
28.الحكم22:69Qatʼiy hukm etuvchi.
29.العدلQurʼon emas, al-Kafʼamiyga qarang (1992:40)Oʻta adolatli.
30.اللطيف22:63, 31:16, 33:34Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi.
31.الخبير6:18, 17:30, 49:13, 59:18Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor[2][3][4][5].
32.الحليم2:235, 17:44, 22:59, 35:41Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.
33.العظيم2:255, 42:4, 56:96Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ.
34.الغفور2:173, 8:69, 16:110, 41:32Koʻp magʻfirat qiluvchi.
35.الشكور35:30, 35:34, 42:23, 64:17Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi.
36.العلي4:34, 31:30, 42:4, 42:51 34:23Martabasi oliylikda benihoya.
37.الكبير13:9, 22:62, 31:30, 34:23Hammadan ulugʻ.
38.الحفيظ11-57, 12-55Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
39.المقيت4:85Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.
40.الحسيب4:6, 4:86, 33:39Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.
41.الجليلSifatlarida ulugʻlikka ega.
42.الكريم27:40, 82:6Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.
43.الرقيب4:1, 5:117Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb — hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi.
44.المجيب11:61Duolarni ijobat qiluvchi.
45.الواسع2:268, 3:73, 5:54Keng va keng qamrovli zotdir
46.الحكيم31:27, 46:2, 57:1, 66:2Dono
47.الودود11:90, 85:14Bandalarini sevuvchi
48.المجيد11:73Eng ulugʻvor
49.الباعث22:7Oʻliklarning tiriltiruvchisi
50.الشهيد4:166, 22:17, 41:53, 48:28Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
51.الحق6:62, 22:6, 23:116, 24:25Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.
52.الوكيل3:173, 4:171, 28:28, 73:9Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
53.القوى22:74, 42:19, 57:25Quvvatli zot.
54.المتين51:58Matonatli zot.
55.الولى4:45, 7:196, 42:28, 45:19Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi
56.الحميد14:8, 31:12, 31:26, 41:42Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot.
57.المحصى72:28, 78:29Barcha narsaning hisobini olgan zot.
58.المبدئ10:34, 27:64, 29:19, 85:13Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
59.المعيد10:34, 27:64, 29:19, 85:13Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
60.المحيى7:158, 15:23, 30:50, 57:2Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek.
61.المميت3:156, 7:158, 15:23, 57:2Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
62.الحي2:255, 3:2, 20:111, 25:58, 40:65Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas.
63.القيوم2:255, 3:2, 20:111Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot.
64.الواجد38:44Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi.
65.الماجد85:15, 11:73; al-Kafʿamī (1992:48)Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot.
66.الواحد13:16, 14:48, 38:65, 39:4Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.
67.الصمد112:1Yagona, Boʻlinmas.
68.الصمد112:2Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo.
69.القادر6:65, 46:33, 75:40Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir.
70.المقتدر18:45, 54:42, 6:65Juda ham qudratli.
71.المقدم16:61Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi.
72.المؤخر71:4Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi.
73.الأول57:3„Avval“ — U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir.
74.الأخر57:3„Oxir“ — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi.
75.الظاهر57:3„Zohir“ — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
76.الباطن57:3"Botin" — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.
77.الوالي13:11Har bir narsaga voliy — ega boʻlgan zot.
78.المتعالي13:9Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
79.البر52:28Ulugʻ yaxshilik qiluvchi.
80.التواب2:128, 4:64, 49:12, 110:3Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot.
81.المنتقم32:22, 43:41, 44:16Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
82.العفو4:43, 4:99, 4:149, 22:60, 58:2Afv qiluvchi.
83.الرؤوف9:117, 57:9, 59:10Oʻta shafqatli va mehribon.
84.مالك الملك3:26Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq.
85.ذو الجلال والإكرام55:27, 55:78Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.
86.المقسط3:18; al-Kafʿamī (1992:58f)Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
87.ar|الجامع}}3:9Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
88.الغني39:7, 47:38, 57:24Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.
89.المغني9:28Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi.
90.المانعal-Kafʿamī (1992:61)Man qiluvchi.
91.الضار6:17; al-Kafʿamī (1992:58)Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.
92.النافع30:37Manfaat beruvchi.
93.النور24:35Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan.
94.الهادي22:54Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.
95.البديع2:117, 6:101Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi.
96.الباقي55:27; al-Kafʿamī (1992:64)Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas.
97.الوارث15:23, 57:10Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot.
98.الرشيد2-256, 18-17Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi.
99.الصبور2:153, 3:200, 103:3Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Islom tasavvufi

Tasavvuf ilmida Allohning 99 ta ismlari tasavvufiy „Eng oliy va ulugʻ ism“ (ismu l-ʾAʿẓam - الاسْمُ ٱلْأَعْظَم) ga ishora qiluvchi anʼana bor[6]. Bu „Xudoning eng ulugʻ ismi“ boʻlib „U bilan chaqirilsa (duo qilinsa) ijobat boʻladigan zot“ deyiladi[7].

Abdulloh ibn Masud rivoyat qilgan hadisga koʻra, Xudoning baʼzi ismlari insoniyatdan ham yashiringan[8]. Javshan Kabirda (bu yerda جَوْشَنُ ٱلْكَبِير- soʻzma-soʻz tarjimasi „Buyuk Sovut“) Xudoning 1000 dan ortiq ismlari keltirilgan.

Nufuzli sunniy tasavvufshunos Ibn Arabiy (1165-yil 26-iyul – 1240-yil 16-noyabr) Xudoning ismlarini oddiy epitetlar sifatida emas, balki olamni yaratilgan va mumkin boʻlgan shakllarda ajratib turadigan haqiqiy sifatlar sifatida talqin qilgan. Bu nomlar orqali ilohiy salohiyati yashirin boʻlgan insonlar uchun ochib beriladigan ilohiy xususiyatlar ana shunday ismlarning aksi boʻlishini oʻrganish mumkin. Biroq, bunday aks ettirishlar cheklangan, ilohiy xususiyatlar ismlarning ilohiy mohiyatiga teng kelmaydi[9]. Ibn Arabiyning metafizik taʼlimoti taʼsirida Haydar Amuliy farishtalarni Xudoning turli ismlariga asosan nomlagan. Shunga koʻra, yaxlit farishtalar Alloh taoloning goʻzal ismlarining bir koʻrinishidir. Yovuz farishtalar (shayotin) esa Alloh taoloning ulugʻ ismlarining dimogʻdor koʻrinishidir[10].

Teoforik ismlar

Xudoning 99 ismi hamda Qurʼon oyatlari va duolari bitilgan ramziy koʻylak, Turkiya, 18-asr, Haliliy haj va ziyorat sanʼati

Xudoning Arabcha ismlari butun dunyo boʻylab musulmon madaniyatlarida, asosan Arab tilida soʻzlashadigan jamiyatlarda keng qoʻllaniladigan teoforik ismlarni shakllantirish uchun qoʻllaniladi.

Xudoning ismlari unga bagʻishlanganligi va ularning shaxsning ismi sifatida ishlatilishi diniy jihatdan nooʻrin deb hisoblanganligi sababli, teoforik ismlar oldidan abd (عَبْدُ: „qul/xizmatkor“) qoʻshimchasini qoʻshish orqali erkaklar ismi hosil qilinadi.

Manbalar