Abdulla Xasanov

Abdulla Xasanov(1931-yil Andijon viloyatida tavallud topgan) — Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Abdulla Xusanov
Tavalludi 1931-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Biografiyasi

Abdulla Xasanov 1931-yilda Andijon viloyatida tavallud topgan. Abdulla Xasanov Sovet Sotsialistik Respubli Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi.

1954-yildan — Abdulla Xasanov Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda oʻz faoliyatini boshladi.Abdulla Xasanov Namangan viloyatining tumanlarida shuningdek Mingbuloq tumani, Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida bir qancha lavozimlarda ish faoliyatini olib borgan.19541983-yillarda — Leninskaya MTS agronomi, Namangan viloyati XXII partiya qurultoyi nomidagi kolxoz agronomi, Namangan viloyati Zadaryo (hozirgi Mingbuloq tumani)da MTS bosh agranomi, Namangan viloyati Toʻraqo‘rg‘on tuman ijroiya qo‘mitalari rais o‘rinbosari, bosh agronom, Gulbog‘ direktori lavozimlarida ishladi[1][2][3].Abdulla Xasanov bir qator unvon va medallar bilan ham taqdirlangan, shuningdek 1973-yil 10-dekabrda Lelin ordeni, 1971-yil 8-aprelda Mehnat Qizil Bayroq ordenlari va yana 1965-yil 1-martda Shon-sharaf belgisi ordenlari bilan mukofotlangan. Abdulla Xasanov Uychi tuman markazida va Namangan viloyati Zadaryo tumanlaridagi viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshlig‘i, O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyati Zadaryo tuman (hozirgi Mingbuloq tumani) qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan. Kompartiyasi Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tuman qoʻmitasi birinchi kotibi faoliyat koʻrsatgan.

Abdulla Xasanov 9-chaqiriq O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Oliy Soveti deputati etib saylangan.

Mukofotlari

  • 1973-yil 10-dekabrda Lekin ornedi[4].
  • 1971-yil 8-aprelda Mehnat Qizil Bayroq ordeni[5].
  • 1965-yil 1-martda Shon-sharaf belgisi ordeni bilan mukofotlangan[6].

Manbalar