Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (Belgiya Red Flames laqabli) xalqaro ayollar futbolida Belgiya sharafini himoya qiladi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Belgiyaning futbol boʻyicha boshqaruv organi — Belgiya Qirollik Futbol Uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi.

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining uy stadioni Den Dreef stadioni hisoblanadi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Ives Serneelsdir. Oʻz faoliyat tarixining koʻp qismida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yomon natijalarga erishdi, ammo Evro-2013 va JCh-2015 saralash bosqichlarda yaxshi natijalarni koʻrsatdi. 2016-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzlarining birinchi yirik turniri 2017-yilgi UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma oldilar.

2022-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi San-Pedro del Pinatar shahrida (Ispaniya) Pinatar kubogini qoʻlga kiritdilar.

Tarixi

Ilk davr (1976—1984)

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini Fransiya ayollar terma jamoasiga qarshi 1976-yil 30-mayda Fransiyaning Reyms shahridagi Stade Auguste Delaune stadionida oʻtkazdi. Oʻyin 2:1 hisobidagi Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu debyutdan bir yil oʻtib, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shveysariya va Fransiya terma jamoalariga qarshi oʻynadi va ikkala oʻyinda mos ravishda 2:2 va 1:1 hisobida durang oʻynadi. Keyingi yili Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana oʻsha terma jamoalar bilan oʻynadi, bu safar ikkala jamoani ham mos ravishda 1:0 va 2:0 hisobida magʻlub etdi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining keyingi bir gʻalabasi Serbiya ayollar terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida qayd etildi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk magʻlubiyati Angliya terma jamoasi bilan oʻyinda qayd etildi (3:0). Shu magʻlubiyatdan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Fransiyaga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. Undan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Gollandiya ayollar terma jamosi bilan 2:2 hisobidagi durang oʻynadi.

Ilk xalqaro musobaqa (1984—1989)

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta 1984-yilda ayollar futboli boʻyicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida ishtirok etdi. Oʻshanda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Gollandiya, Daniya va Germaniya ayollar terma jamoasi bilan 4-guruhdan joy olgan edi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlarini Gollandiya terma jamoasi ustidan 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi, ammo Daniya terma jamoasiga qarshi 1:0 hisobida magʻlub boʻldi va Germaniya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Lekin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkinchi davra oʻyinlarida Gollandiya terma jamoasiga qarshi 5:0 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng guruhda oxirgi oʻrinni egalladi (qolgan ikki raqibiga qarshi oʻyinlarda durang oʻynagan: Daniyaga qarshi 2:2 va Germaniyaga qarshi 1:1).

Turgʻunlik davri (1990—2011)

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1990-yildan 2011-yilgacha bir qator yomon natijalarni qayt etdi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bu davr mobaynida hech bir saralash oʻyinlarida oʻtkazgan oʻyinlarining yarmida ham gʻalaba qozona olishmadi. Faqat bir marta bu natijani qayd eta olishdi. Bu eʼtiborga molik istisno 2003-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi boʻlib, oʻshanda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻtkazgan 6 ta oʻyinning beshta oʻyinida gʻalaba qozongan va faqat bir marta magʻlubiyatga uchragan. Biroq Shotlandiya terma jamoasi ham xuddi shunday natijaga erishdi va toʻplar nisbati yaxshiroq boʻlgani uchun, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida ikkinchi boʻldi. Shunga qaramay, bu Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off oʻyinlariga qadar eng yaxshi koʻrsatkichi boʻldi. Undan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ning eng yomon natijasi kuzatildi: ular keyingi saralash oʻyinlarida (2007) barcha sakkizta oʻyinda magʻlub boʻldi.

Oʻsish davri (2011—2018)

Jamoa uchun gʻalabalar davri 2011-yilda Ives Serneels Ann Noe oʻrniga Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida kelganidan soʻng boshlandi. Serneels Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2013-yilgi UEFA ayollar chempionati va 2015-yilgi FIFA ayollar Jahon chempionatlari uchun saralash oʻyinlaridagi ishtirokini yaxshiladi, har ikki saralash oʻyinlarida ham Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni egalladi (saralashdan oʻtish uchun ozgina qolgan). Ikkala saralash oʻyinlari davrida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Belgiya qizil olovlari“ laqabini oldi[1][2].

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash guruhida (Angliya terma jamoasidan keyin) ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu esa Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga yirik xalqaro turnir uchun birinchi saralash huquqini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi. 2017-yilgi Yevropa chempionatining guruh bosqichida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Biroq, Daniyaga 1:0 va Gollandiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgach, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi va Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Birinchi muvaffaqiyat (2019-yildan hozirgi kungacha)

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida yaxshi oʻynadi va 6-guruhda Italiya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Natijada 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati UEFA pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi, chunki ular ikkinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 jamoadan biri edi. Shveysariya, Niderlandiya va Daniya pley-offning boshqa 3 jamoasi edi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi pley-of yarim finalida Shveysariya bilan toʻqnash keldi, ikki oʻyindan soʻng umumiy hisob 3:3 hisobi qayd etildi, biroq Shveysariya safardagi gollari evaziga finalga yoʻl oldi. Gollandiya terma jamoasi esa pley-off finalida Shveysariya terma jamoasini magʻlub etib, 2019-yilgi Jahon chempionatiga UEFA 8-saralash yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[3]. Shuningdek, 2019-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstriya terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2019-yilgi Kipr kubogida 3-oʻrinni egalladi[4].

Jamoa tasviri

Jamoaning laqabi

Kanadada boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi boshlanishi oldidan Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining hozirgi laqabini olgan: "Belgian Red Flames" ("Belgiya qizil olovlari")[1] Bungacha Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Rode Duivelinnen“ (Qizil iblis xonimlar) nomi bilan tanilgan[5].

Sport toʻplamlari

2022-yil 19-sentyabrda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yangi uy toʻplamlarini taqdim etdi[6]. Belgiyada ayollar futbolini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilgari chiqarilgan bir martalik qora uy oʻyinlari libosi qizil rangdagi kiyimlar bilan almashtirildi. Toʻplamda qizil rang va Belgiya bayrogʻini ifodalovchi qora va sariq detallar mavjud. Maykaning ikkala yengida ham alanganing dinamik grafik nashri mavjud boʻlib, bu Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining „Qizil alangalar“ laqabiga ishora qiladi.

Toʻplam yetkazib beruvchi homiylar

AdidasHomiylik davriMan.
2022 — hozirgi kungacha[6]
2021—2022-yillar[6]

Jamoaning uy stadioni

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini asosan Den Dreef stadionida oʻtkazadi, lekin vaqti-vaqti bilan Belgiyadagi boshqa stadionlarda ham oʻynaydi.

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi

2022-yil 28-sentabr holatiga ko`ra[7]
LavozimiIsmi
Bosh murabbiy Ives Serneels
Bosh murabbiy yordamchisi Kris Van Der Haegen
Darvozabonlar murabbiyi Yan Van Steenberghe[8]
Texnik yordamchi Niels Leroy
Hanne Nielandt
Arne Jaspers
Dietolog Gino Devriendt
Ruhiy murabbiy Steffi Van Ranst
Jamoa shifokori Karolien Lemmens
Kris Vanderlinden
Fizioterapevt Fabien van de Steene
Yan Van der Jeugt

Bosh murabbiylar tarixi

  • Albert Bers (1976—1991)
  • Marc Van Geersom (1991—1994)
  • Johan Bol (1994—1999)
  • Anne Noë (1999—2010)
  • Ives Serneels (2011-)

Oʻyinchilar

Hozirgi tarkib

2022-yil 6-oktyabr sanasida 2023-yilgi Jahon chempionati saralash turniri pley-off bosqichida Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyin uchun quyidagi futbolchilar Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[9].

2022-yil 6-oktabr holatiga ko`ra  

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari

0#0pos.FutbolchiTugʻilgan sanasi (yosh)IshtirokiGollariKlubi
11DAEvrard, NickyNicky Evrard26-may 1995-yil (1995-05-26) (29 yosh)580  BEL OH Leuven
121DALemey, DiedeDiede Lemey7-oktyabr 1996-yil (1996-10-07) (27 yosh)70  NED Fortuna Sittard
211DALichtfus, LisaLisa Lichtfus29-dekabr 1999-yil (1999-12-29) (24 yosh)00  FRA Dijon
222HMDeloose, LauraLaura Deloose19-iyun 1993-yil (1993-06-19) (31 yosh)744  BEL Anderlecht
182HMDe Neve, LauraLaura De Neve9-oktyabr 1994-yil (1994-10-09) (29 yosh)592  BEL Anderlecht
192HMKees, SariSari Kees17-fevral 2001-yil (2001-02-17) (23 yosh)141  BEL OH Leuven
22HMPhiltjens, DavinaDavina Philtjens26-fevral 1989-yil (1989-02-26) (35 yosh)11510  ITA Sassuolo
42HMTysiak, AmberAmber Tysiak26-yanvar 2000-yil (2000-01-26) (24 yosh)195  BEL OH Leuven
152HMVangheluwe, JodyJody Vangheluwe15-iyul 1997-yil (1997-07-15) (26 yosh)130  BEL Club YLA
153YHVande Velde, ChloeChloe Vande Velde6-iyun 1997-yil (1997-06-06) (27 yosh)262  NED ADO Den Haag
203YHBiesmans, JulieJulie Biesmans4-may 1994-yil (1994-05-04) (30 yosh)993  NED PSV
83YHDelacauw, FéliFéli Delacauw4-aprel 2002-yil (2002-04-04) (22 yosh)120  NED Fortuna Sittard
163YHMinnaert, MarieMarie Minnaert5-may 1999-yil (1999-05-05) (25 yosh)313  BEL Anderlecht
233YHMissipo, KassandraKassandra Missipo3-fevral 1998-yil (1998-02-03) (26 yosh)440   SWI FC Basel
103YHVanhaevermaet, JustineJustine Vanhaevermaet29-aprel 1992-yil (1992-04-29) (32 yosh)416  ENG Reading
114HJCayman, JaniceJanice Cayman12-oktyabr 1988-yil (1988-10-12) (35 yosh)13148  FRA Lyon
64HJDe Caigny, TineTine De Caigny9-iyun 1997-yil (1997-06-09) (27 yosh)8038  GER TSG 1899 Hoffenheim
134HJDhont, ElenaElena Dhont27-mart 1998-yil (1998-03-27) (26 yosh)293  NED FC Twente
74HJEurlings, HannahHannah Eurlings1-yanvar 2003-yil (2003-01-01) (21 yosh)235  BEL OH Leuven
184HJJanssens, JillJill Janssens3-oktyabr 2003-yil (2003-10-03) (20 yosh)100  BEL OH Leuven
34HJVan Kerkhoven, EllaElla Van Kerkhoven20-noyabr 1993-yil (1993-11-20) (30 yosh)2212  BEL OH Leuven
144HJVanmechelen, DaviniaDavinia Vanmechelen30-avgust 1999-yil (1999-08-30) (24 yosh)5010  BEL Club YLA
54HJWijnants, SarahSarah Wijnants13-oktyabr 1999-yil (1999-10-13) (24 yosh)262  BEL Anderlecht
94HJWullaert, TessaTessa Wullaert19-mart 1993-yil (1993-03-19) (31 yosh)11669  NED Fortuna Sittard
Eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchilar roʻyxati
ReytingFutbolchiGollarOʻtkazgan oʻyinlarFaoliyat yillari
1Jenis Kayman131482007 — hozirgi kun
2Tessa Vullaert116692011 — hozirgi kun
3Davina Filjens115102008 — hozirgi kungacha
4Aline Zeler111292005-2019
5Julie Biesmans9932011 — hozirgi kun
6Helen Jaques9732007-2020
7Maud Coutereels9092004-yildan hozirgi kungacha
8Femke Maes85251996-2009
9Tine de Caigny80382014 — hozirgi kungacha
10Laura Deloose7442015 — hozirgi kungacha
ReytingFutbolchiGollarOʻtkazgan oʻyinlarSamaradorlik koʻrsatkichiFaoliyat yillari
1Tessa Wullaert691160.592011-hozirga qadar
2Janice Cayman481310.372007-hozirga qadar
3Tine De Caigny38800.482014-hozirga qadar
4Aline Zeler291110.262009-2019
5Femke Maes25850.291996-2009
6Kristel Verelst18460.391998-2009
7Myriam Vanslembrouck16210.761992-1996
8Christine Saelens13410.321993-2003
9Cecile Carnol12370.321996-2003
Ella Van Kerkhoven220.552013-hozirga qadar
10Marina Verdonck10530.191976-1990
Davina Philtjens1150.092008-hozirga qadar
Davinia Vanmechelen500.22016-hozirga qadar

Xalqaro musobaqalarda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasiSaralash oʻyinlarida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi
YilBosqichNatijaOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yilSaralashdan oʻta olmadi6105112
1995-yil62131513
1999-yil8017623
2003-yil6501139
2007-yil8008825
2011-yil83141813
2015-yil106133411
2019-yil8421118
2023-yilSaralanmoqda
Jami--------6021632106114

UEFA ayollar chempionati

UEFA ayollar chempionatida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasiSaralash oʻyinlarida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi
YilBosqichNatijaOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar
1984Saralashdan oʻta olmadi6132712
19876105617
1989824274
19916105112
1993412118
199562131513
1997Kiritilmadi
2001
20058107539
20098314715
201310622188
2017Guruh bosqichi103102338521275
2022Chorak final84112348701375
JamiChorak final2/1372146778301533131138

Algarve kubogi

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2016-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtgan Algarve kubogida ishtirok etishga taklif qilindi va sakkiz jamoa ichida beshinchi oʻrinni egalladi. Turnirda jamoalar ikki guruhga boʻlingan, guruh bosqichidan soʻng har ikki guruhdan teng oʻrin egallagan jamoalar oʻrtasida oʻrinlarni aniqlash bahslari oʻtkazildi. Belgiya A guruhida uchinchi oʻrinni egalladi va Rossiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda (B guruhida uchinchi oʻrinni egallagn jamoa) 5:0 hisobida gʻalaba qozondi[10].

Kipr kubogi

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi jami boʻlib toʻrt marta Kipr kubogiga taklif qilingan. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ushbu turnirdagi birinchi ishtiroki 2015-yilda boʻlgan. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yili Meksika, Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi ayollar terma jamoasi bilan C guruhidan joy olgan va guruhda oxirgi oʻrinni egallagan. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ham (penaltidan soʻng) magʻlub boʻlishdi va natijada barcha 12 jamoa ichida oxirgi oʻrinni egallashdi. 2017-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Kipr kubogida Shveysariya, Shimoliy Koreya va Italiya ayollar terma jamoalari bilan A guruhidan joy oldi va guruhda uchinchi oʻrinni egalladi va Avstriyaga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib, oldingi 12 oʻrinidan yettinchi oʻrinni egalladi[11].

Pinatar kubogi

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda Pinatar kubogi gʻolibi boʻldi. Belgiya finalda Rossiya ayollar terma jamaosini penaltilar seriyasiga koʻra magʻlub etdi[12].

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFAning jahon reytingidagi oʻrni

2022-yil 5-avgust holatiga ko`ra[13][14]
Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA rengtingidagi oʻrni
ReytingYilOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaMagʻlubiyatDurangOʻsishTushish
ReytingKoʻchishReytingKoʻchish
282015-yil1043327 028 1
252016-yil1384125 228 0
222017-yil1786322 223 1
2120181152421 223 1
17201914101317 120 1
172020742117 017 0
202021-yil1265118 020 1
1920221595119 120 1

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari

Mintaqaviy

  • Kipr kubogi
3-oʻrin: 2019-yil
  • Pinatar kubogi
Chempion: 2022

Yana qarang

  • Belgiyada sport
  • Belgiya futzal bo'yicha ayollar terma jamoasi
  • Belgiya erkaklar milliy futbol jamoasi

Manbalar

Havolalar