Darko Todorović

Darko Todorović (talaffuzi: Darko Todorovich; 1997-yil 5-mayda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Rossiya Premyer-ligasidagi Akhmat Grozny klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Darko Todorović
Todorović Red Bull Salzburg bilan, 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiDarko Todorović
Tavallud sanasi5-may 1997-yil (1997-05-05) (27 yosh)
Tavallud joyiBijeljina, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi1.74 m
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Akhmat Grozny
Raqami4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Klub 7
Sloboda Tuzla
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015—2018Sloboda Tuzla48(3)
2018—2022Red Bull Salzburg12(0)
2019—2020→ Holstein Kiel (ijara)9(0)
2020—2021→ Hajduk Split (ijara)26(0)
2021—2022Akhmat Grozny (ijara)17(0)
2022—Akhmat Grozny7(0)
Milliy terma jamoa
2013—2014Bosniya va Gersegovina U1711(0)
2014—2015Bosniya va Gersegovina U195(0)
2017—2018Bosniya va Gersegovina U217(1)
2018—Bosniya va Gersegovina16(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-avgust uchun)

Todorović professional faoliyatini Sloboda Tuzlada boshlagan, 2018-yilda Red Bull Salzburgga qoʻshilgan. 2019-yilda Holstein Kiel, 2020-yilda HNK Hajduk Split va 2021-yilda Akhmat Groznyga ijaraga berilgan. 2022-yilda Ahkmat Grozny bilan doimiy shartnoma imzoladi.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yoshlar terma jamoasi aʼzosi Todorović 2018-yilda milliy terma jamoada debyut qilgan va shundan beri 16 oʻyin oʻtkazgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyat davri

Todorović Sloboda Tuzlaning yoshlar akademiyasiga oʻynagan[1]. 2015-yilning 11-aprelida 17 yoshida Zrinjski Mostarga qarshi o‘yinda professional debyut qilgan[2]. 2016-yilning 21-sentyabrida birinchi professional golini Podrinye Janja darvozasiga kiritdi[3].

Red Bull Zalsburg

2018-yil iyul oyida Todorović Avstriyaning Red Bull Salzburg jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga oʻtdi[4]. 22-iyul kuni Avstriya kubogi oʻyinida jamoa safida debyut qildi[5]. Uch hafta oʻtgach, FK Austria Wienga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi[6]. 2019-yil 5-may kuni klub bilan liga chempionligini qoʻlga kiritishdi[7].

Iyul oyida Todorović Germaniyaning Holstein Kiel jamoasiga bir mavsumga ijaraga berildi[8].

2020-yil avgust oyida Xorvatiyaning Hajduk Split jamoasiga mavsumiy ijaraga yuborildi[9].

Akhmat Grozny

2021-yilning sentyabrida Todorović mavsumning qolgan qismi uchun Rossiya vakili Akhmat Groznyga ijaraga berildi[10]. Jamoadagi debyutini 11-sentyabr kuni Sankt-Peterburgning „Zenit“iga qarshi oʻtkazdi[11].

2022-yil iyun oyida Akhmat Grozny Todorović bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[12].

Faoliyat statistikasi

Klub

27-avgust, 2022-yil[13]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Sloboda Tuzla2014—2015Bosniya Premyer-ligasi10--10
2015—2016Bosniya Premyer-ligasi2000-20
2016—2017Bosniya Premyer-ligasi1613100192
2017—2018Bosniya Premyer-ligasi29260-352
Jami4839100574
Red Bull Salzburg2018—2019Avstriya Bundesligasi1202000140
Holstein Kiel (ijara)2019—20202. Bundesliga9000-90
Hajduk Split (ijara)2020—2021Xorvatiya futbol ligasi260201[lower-alpha 1]0290
Akhmat Grozny (ijara)2021—2022Rossiya Premyer-ligasi17010-180
Akhmat Grozny2022—2023Rossiya Premyer-ligasi7000-70
Jami24010-250
Jami faoliyati1193141101344

Xalqaro

2-iyun, 2021-yil[14]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Bosniya va Gersegovina201860
201940
202030
202130
Jami160

Yutuqlari

Red Bull Salzburg

  • Avstriya Bundesligasi: 2018—2019
  • Avstriya kubogi: 2018—2019

Manbalar