Elvis Stojko

Elvis Stojko (talaffuzi: Elvis Stoyko; 1972-yil 22-mart, Nyumarket, Ontario) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan kanadalik figurali uchuvchi. Ikki karra Olimpiya kumush medali sovrindori, uch karra jahon chempioni, yetti karra Kanada chempioni.

Elvis Stojko
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Elvis Stojko
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Murabbiyi Uschi Keszler
Oldingi murabbiylari Dug Lee

Faoliyati

1991—1993-yillar

1991-yilgi Jahon chempionatida Stoyko 4 sakrashli tryukni muvaffaqiyatli bajargan birinchi konkida uchuvchisi boʻlgan, hakamlar mahorati uchun past baho berganligi sababli atigi oltinchi oʻrinni egallagan. Stoyko 1992-yilda jahon chempionatida birinchi marta medal sohibiga aylanadi[1].

1994—1998-yillar

1994-yilgi Jahon chempionatida Stoyko har ikkala dasturda gʻolib chiqqan, erkin dasturda 6,0 ball toʻplab birinchi marta jahon chempioni boʻlishga muvaffaq boʻlgan. 1994-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qisqa dasturdagi chiqishdan soʻng u ikkinchi oʻrinni egalladi (uning asosiy raqobatchilari (Kurt Brauning, Briaan Boitano va Viktor Petrenko) oʻz dasturlarida xatolikka yoʻl qoʻydilar).

Stojko 1994—1995-yilgi mavsumni Kanada chempionati vaqtida jarohat olib boshlagan. Shunga qaramay, u 1995-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Qisqa dasturdan soʻng u T.Eldrijga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi, ammo qisqa dasturdanda qiyinroq erkin dasturni bexato yakunlab, ikkinchi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. 1996-yilgi Jahon chempionatida, qisqa dasturdagi chiqishda yiqilib yettinchi oʻrinni egalladi, erkin dasturda esa toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Elvis Stojko 1997-yilda Gran-pri finalida birinchi marta halqa tryukini amalga oshirib, gʻolib chiqdi. 1997-yilgi jahon chempionatida Stojko qisqa dasturdagi chiqishdan keyin toʻrtinchi oʻrinni, erkin dasturda esa birinchi oʻrinni egallab uchinchi marta jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Stojko 1998-yilgi Olimpiadada koʻzga koʻringan konkida uchuvchilardan biri edi. Qisqa dasturda qoʻsh aksel sakrashni bexato amalga oshirdi va 2-oʻrinni egalladi. Erkin dasturda ham Stojko ikkinchi oʻrinni egalladi va ikkinchi Olimpiya kumushini qoʻlga kiritdi. Stojko erkin dastur davomida jarohat olgan, natijada 1998-yilgi Jahon chempionatida qatnashmadi[2].

1999—2002-yillar

Jarohatlari bitgan Stojko 1999-yilgi jahon chempionatida qatnashib, 4-oʻrinni egalladi. 2002-yilgi Olimpiadada 8-oʻrinni egallaganidan soʻng u oʻz sport faoliyatini yakunladi.

Natijalari

Musobaqalar/mavsum88/8989/9090/9191/9292/9393/9494/9595/9696/9797/9898/9999/0000/0101/02
Qishki Olimpiya oʻyinlari7228
Jahon chempionatlari963211414210
Toʻrt qitʼa chempionati31
Kanada chempionati22221111111
Gran-pri finali2122
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America43
Gran-pri seriyasi bosqichlari: Skate Canada11222
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Borfost Cup on Ice116
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Trophee Lalique3
Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy11
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati68

Manbalar