Ermin Zec

Ermin Zec (talaffuzi: Ermin Zets; 1988-yil 18-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, hujumchi hamda yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ermin Zec
Zec Gençlerbirliği bilan, 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi18-fevral 1988-yil (1988-02-18) (36 yosh)
Tavallud joyiBugojno, Yugoslaviya SFR
Boʻyi1.77 m (5 ft 9 12 in)[1]
AmpluasiHujumchi, yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2005Iskra Bugojno
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2005—2007Iskra Bugojno27(11)
2007—2010Šibenik79(32)
2010—2014Gençlerbirliği107(19)
2014—2015Rijeka3(1)
2015Balıkesirspor16(7)
2015—2016Gabala23(7)
2016—2017Karabükspor20(6)
2017—2018Gazişehir Gaziantep13(1)
2019—2022Željezničar54(11)
Milliy terma jamoa
2007—2009Bosniya va Gersegovina U215(0)
2008—2015Bosniya va Gersegovina10(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-may uchun)

Klublardagi faoliyati

Zets 2011-yilda Gençlerbirliği da

2007-yilda Zets HNK Šibenik bilan shartnoma imzoladi va klubda tezda asosiy jamoada oʻzini namoyon qildi[2]. Jurnalistlar tomonidan 2009-yilda yilning eng yaxshi yosh bosniyalik futbolchisi deb topilgan[3]. Xorvatiya ligasining barcha sardorlari ishtirok etgan ovoz berishda Zets 2009-yilda liganing eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi[4].

2010-yilning iyun oyida Turkiyaning Gençlerbirliği klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[5].

Turkiyada toʻrt yil oʻtgach, 2014-yil sentyabr oyida Zets Xorvatiyaga qaytib, Rijeka bilan shartnoma imzoladi[6].

2015-yil boshida Zets Balıkesirspor bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.

2015-yilning 27-iyulida Ozarbayjon Premyer-ligasida „Gabala“ bilan 1+1 yillik shartnoma imzoladi[7]. 21-may kuni „Gabala“ Zets klubni tark etishini eʼlon qildi[8].

2016-yil 26-avgustda Zets Turkiya Superliga klubi Karabükspor bilan shartnoma imzoladi[9]. 2017-yilning avgust oyida Karabüksporni tark etdi[10].

2017-yil 25-avgustda TFF Birinchi Ligasida Gazişhehir Gaziantep bilan shartnoma imzoladi[11]. 2018-yil 10-avgustda Zetsning Gazişehir Gaziantepni tark etgani eʼlon qilindi[12].

2019-yilning 21-yanvarida Bosniya Premyer-ligasining Željezničar klubi bilan shartnoma imzoladi[13]. Klubdagi birinchi golini 2019-yil 3-mart kuni Mladost Doboj Kakanjga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi[14]. Zets 2019-yilning 18-iyunida Željezničar bilan shartnomasini yana uch yilga, 2022-yilning iyunigacha uzaytirdi[15].

Xalqaro faoliyati

Zets terma jamoadagi debyutini 2008-yilning 19-noyabrida Sloveniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[16].

2010-yil 29-may kuni terma jamoadagi ilk golini Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (4:2) kiritdi[17]. Zets jami 10ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan[18]. Soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2015-yil sentyabr oyida Andorraga qarshi Yevropa chempionati saralashida boʻldi[19].

Shaxsiy hayoti

Zetsning ukasi Asim ham professional futbolchi boʻlib, Željezničarda oʻynagan[20].

Faoliyat statistikasi

Klub

29-may, 2022-yil[21][22]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaKubokQitʼaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Šibenik2007—20081. HNL30700-307
2008—20091. HNL271400-2714
2009—20101. HNL221164-2815
Jami793264-8536
Gençlerbirliği2010—2011Süper Lig24484-328
2011—2012Süper Lig27310-283
2012—2013Süper Lig29610-306
2013—2014Süper Lig27610-286
Jami10719114-11823
Rijeka2014—20151. HNL3122-53
Balıkesirspor2014—2015Süper Lig16700-167
Gabala2015—2016Ozarbayjon Premyer-ligasi23743903610
Karabükspor2016—2017Süper Lig20643-249
Gazişehir Gaziantep2017—2018TFF First League13110-141
Željezničar2018—2019Bosniya Premyer-ligasi64--64
2019—2020Bosniya Premyer-ligasi11100-111
2020—2021Bosniya Premyer-ligasi1851000195
2021—2022Bosniya Premyer-ligasi19121-212
Jami541131005712
Jami faoliyati31584311790355101

Xalqaro

6-sentyabr, 2015-yil[22]
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Bosniya va Gersegovina2008-yil10
2009-yil00
2010-yil61
2011-yil20
2012-yil00
2013-yil00
2014-yil00
2015-yil10
Jami101

Xalqaro gollari

GolSanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2010-yil 29-mayRåsunda, Solna, Shvetsiya  Shvetsiya
1–1
2–4
Doʻstona

Yutuqlari

Rijeka

  • Xorvatiya Superkubogi: 2014-yil

Individual

Mukofotlar

  • 1. HNL Mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2008—2009[23]

Manbalar