Iizuna
Iizuna (yaponcha: 飯綱町 Iizuna-machi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasidagi Kamiminochi yerida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 31-mart holatiga koʻra, shaharchada 4187 ta xonadonda 11115 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 150 kishidan kelgan. shaharning umumiy maydoni 75,00 kvadrat kilometr (28,96 mi²) ni tashkil etadi.
Iizuna 飯綱町 | |
---|---|
Shaharcha | |
36°45′16.9″N 138°14′7.7″E / 36.754694°N 138.235472°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 2005-yil 1-oktyabr |
Maydon | 75.00 km2 (28.96 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil mart) | 11 115 |
Zichligi | 150 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 026-253-2511 |
Geografiyasi
Iizuna shimoliy Nagano prefekturasida joylashgan. Reyzenji togʻidan oqib oʻtadigan Yaja daryosining terasi shaharning gʻarbiy chegarasini tashkil qiladi. Torii daryosi shahar markazidan oqib oʻtadi. Madarao daryosi esa Shinano hududidan boshlanib, shaharning shimoliy tomoniga oqadi. Bu daryo keyinchalik borib sharqdagi Nakano shahri orqali Chikuma daryosiga qoʻshiladi.
Iqlimi
Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Iizunada oʻrtacha yillik harorat 11,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1254 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,5 °C atrofida boʻladi[2].
Atrofdagi munitsipalitetlar
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Iizuna aholisi soni XX asr oxirlarida nisbatan barqaror boʻlgan, ammo soʻnggi oʻn yilliklarda kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 12,533 | — |
1950 | 15,503 | +23.7% |
1960 | 13,845 | −10.7% |
1970 | 12,473 | −9.9% |
1980 | 12 | −3.8% |
1990 | 12,83 | +6.9% |
2000 | 13,062 | +1.8% |
2010 | 11,865 | −9.2% |
2020 | 10,296 | −13.2% |
Tarixi
Hozirgi Iizuna hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Mure Hokkoku Kaido shossesida post stansiyasi sifatida rivojlangan.
Zamonaviy shaharcha 2005-yil 1-oktyabrda Samizu va Mure qishloqlarining qoʻshilishi natijasida yaratilgan. Uning nomi shaharning gʻarbiy qismida qad rostlagan Iizuna togʻi nomidan olingan.
Iqtisodiyoti
Iizuna iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, birinchi navbatda sholi yetishtirish va bogʻdorchilikka asoslanadi.
Taʼlim tizimi
Iizunada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi mavjud shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab faoliyat yuritadi.
Oʻrta maktab
- Nagano prefekturali Hokubu oʻrta maktabi[4]
Kichik oʻrta maktab
- Iizuna oʻrta maktabi
Boshlangʻich maktablar
- Iizuna Choritsu Murehigashi boshlangʻich maktabi
- Iizuna Choritsu Murehinishi boshlangʻich maktabi
- Iizuna Choritsu Samizudaiichi boshlangʻich maktabi
- Iizuna Choritsu Samizudaini boshlangʻich maktabi
Transporti
Temir yoʻl
Magistral yoʻl
- Joshin-etsu tezkr yoʻli
- Milliy yoʻnalish 18
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Galereya
Manbalar
Havolalar
- Rasmiy sayti (yaponcha)