Laurent Ciman

Laurent Ciman ( talaffuzi: Loran Siman) — belgiyalik futbolchi, himoyachi hisoblanadi[1]. Belgiya terma jamoasida o'ynagan hamda hozirda murabbiy bo`lib faoliyat yuritadi[2].

Laurent CimanФутбол
Umumiy ma'lumotlari
Tug`ilgan

5-avgust 1985-yil(1985-08-05) (37 yosh)
Belgiya

Fuqaroligi
Bo`yi

180 сm

Vazni

65 kg

Pozitsiyasi

himoyachi

Klub haqida ma'lumotlari
Klub

Флаг Канады Monreal Impact

Martabasi

Bosh murabbiy yordamchisi

Логотип Викисклада Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

2008-yil iyun oyida Laurent Ciman „Charleroi“ jamoasidan „Brugge“jamoasiga ko'chib o'tdi va klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi, lekin u yerda maydonga tushmaganligi sabali u „Kortrijk“ klubiga bir yilga ijaraga berildi[3].

2010-yil 16-iyunda Laurent Ciman „Standard Liège“ jamoasi bilan to'rt yillik shartnoma imzolashga muvaffaq bo`ldi[4].

2015-yil 22-yanvarda Laurent Ciman „Monreal Impact“ MLS klubi bilan uch yillik shartnoma tuzdi[5][6]. 2015 yilgi mavsum oxirida u MLSda yilning eng yaxshi himoyachisi deb tan olindi va ramziy terma jamoaga kirdi[7][8]. Ikki marta 2015-2016-yillarda MLS yulduzlar o'yiniga tanlangan[9][10].

2017-yilning 12-dekabrida Laurent Ciman MLSning „Los-Anjeles“ yangi klubiga Raxim Edvards va Jukka Raitalga almashtirildi[11]. U klub tarixidagi eng birinchi yosh sardor etib tayinlandi. „Los-Anjeles“ning MLSdagi debyut uchrashuvida, 2018-yilning 4-martida „Seattle Sounders“ jamoasiga qarshi o'yinda u asosiy tarkibda maydonga tushdi[12][13].

2018-yil 27-dekabrda Laurent Ciman „Toronto“ FC bilan shartnoma imzolab, MLSga qaytdi[14]. 2019-yil 2-mart kuni mavsumning ochilish bosqichida „Philadelphia Union“ jamoasiga qarshi o'yinda ham ishtirok etdi[15].

Xalqaro karyerasi

Laurent Ciman Belgiya terma jamoasining JCh-2018 uchun 24-o'rinbosar o'yinchisi bo'lib, Vinsent Kompani jarohati sabab maydonga tusha olmagan[16].

Statistikasi

KlubMamlakatlarYil
Sporting Charleroi Belgiya2004-2008
Club Brujas Belgiya2008-2010
KV Cortrique Belgiya2009-2010
Standard Lieja Belgiya2010-2015
Montreal Impact Kanada2015-2017
Los Angeles FC AQSh2017-2018
Dijon FCO Fransiya2018
Toronto FC Kanada2019-2020

Yutuqlari

Jamoaviy yutuqlari

„Standart“

  • Belgiya kubogi - 2010-2011
Shaxsiy yutuqlari
  • MLS yilning eng yaxshi himoyachisi - 2015-yil
  • MLS ramziy jamoasi a'zosi - 2015-yil
  • MLS yulduzlar o'yini a'zosi - 2015-2016-yillar

Manbalar