Ralph DePalma

Raffaele „Ralph“ De Palma (1882-yil 19-dekabr – 1956-yil 31-mart) — 1915-yilgi Indianapolis 500 musobaqasida gʻolib chiqqan poygachi. U italyan-amerikalik chempion hisoblanadi. U Xalqaro avtosport shon-shuhrat zaliga kirgan. Faoliyati davomida 2000 ga yaqin poygada gʻalaba qozongani taxmin qilinadi. DePalma 1908, 1909, 1910 va 1911-yillardagi Amerika AAA milliy dirt-trek chempionatlarida gʻolib chiqdi. American Champ car avtopoygalarida 24 ta gʻalaba qozongan[1]. U 1929-yilda Kanada milliy chempionatida g‘olib chiqdi[2]. DePalma 27 yillik faoliyati davrida 1,5 million dollar ishlab topgan[2]. U koʻplab shon-sharaf zallariga kiritilgan.

Ralph DePalma
Tavalludi 19-dekabr 1882-yil
Vafoti 31-mart 1956-yil(1956-03-31)
(73 yoshda)
South Pasadena (California)
Fuqaroligi AQSH, Italiya
DePalma va uning haydovchisi 1912-yil Indianapolis 500da mashinasini itarib yubormoqda

Faoliyati

Italiyaning Apuliya shtati, Bikkari shahrida tug‘ilgan DePalma oilasi 1893-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtgan[3]. Yoshligida u velosiped poygalarida ishtirok etgan. Lekin yigirma ikki yoshida yaʼni 1909-yildan poygalarda ishtirok eta boshladi.

DePalma avtomobil poygalarida muvaffaqiyat qozondi. 1911-yilda DePalma birinchi Milwaukee Mile Championship Car poygasida gʻolib chiqdi. U 1912-yilgi Indianapolis 500da dramatik tarzda ikkinchi oʻrinni egallagan. 200 ta davraning 196 tasida peshqadamlik qilgan. Uning Mersedes avtomobili marraga yaqin ishdan chiqadi[4]. Oʻsha paytda faqat toʻliq 200 turni bosib oʻtgan avtomobillar mukofot pulini olishgan. Ushbu Mercedes Indianapolis Motor Speedway shon-shuhrat muzeyida namoyish etiladi.

Vafoti

U Kaliforniyaning Janubiy Pasadena shahridagi uyida saraton kasalligidan 1956-yil 31-martda 73 yoshida vafot etdi[2][5][6]. U Kaliforniyaning Kalver-Siti shahridagi Muqaddas Xoch qabristoniga dafn qilindi .

Mukofotlari

  • 1973-yilda u Michigan shtatining Dirborn shahridagi Avtomobil shon-shuhrat zalining aʼzosi etib saylandi.
  • 1991-yilda u Xalqaro avtosport shon-shuhrat zaliga kiritildi[3].
  • 1991-yilda Milliy Sprint Avtomobil shon-sharaf zaliga nomi berilgan.
  • 1992-yilda Amerikaning Motorsport shon-shuhrat zaliga kiritildi[7].
  • 2006-yilda DePalma Elgin (IL) sport shon-shuhrat zaliga kiritildi.

Indianapolis 500 natijalari

Start10
Pole2
Old qator5
Gʻalaba1
Top 53
Top 106
Holat4

Manbalar

Havolalar