Riechedly Bazoer

Riechedly Bazoer (talaffuzi: Rixedli Bazoyer; 1996-yil 12-oktabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Gollandiyaning AZ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1].

Riechedly Bazoer
Bazoer 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi12-oktyabr 1996-yil (1996-10-12) (27 yosh)
Tavallud joyiUtrecht, Niderlandiya
Boʻyi1.84 m
AmpluasiHimoyachi]
Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AZ
Raqami25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2006USV Elinkwijk
2006—2012PSV
2012—2013Ajax
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2013—2017Ajax51(6)
2013—2014→ Jong Ajax34(1)
2017—2019VfL Wolfsburg25(0)
2018→ Porto B (ijara)2(0)
2019→ Utrecht (ijara)14(3)
2019—2022Vitesse77(9)
2022—AZ0(0)
Milliy terma jamoa
2011Niderlandiya U152(0)
2011—2012Niderlandiya U164(0)
2012Niderlandiya U1713(1)
2013—2015Niderlandiya U1910(1)
2015—2017Niderlandiya U217(2)
2015—Niderlandiya6(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-may uchun)

Klublardagi faoliyati

Bazoer „Ajax“da

Ajax

Bazoer 2012-yil 16-noyabrda Erediviziya vakili Ajaxga qoʻshilgan[2]. Premyer-liga vakillar „Arsenal“, „Chelsea“, „Manchester City“ va „Newcastle United“ ga oʻtishi mumkin edi, ammo „Ajax“ bilan shartnoma imzoladi[3][4]. KNVB qarori tufayli 2012—2013-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynamadi. Oʻrniga Beloften Erediviziyasida Jong Ajax safida oʻynadi[5].

2013-yil 29-iyun kuni SDC Puttenga qarshi mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinida (4:1) „Ajax“ safida debyut qildi[6]. 2015-yilning 15-fevralida Bazoer Twentega qarshi o‘yinda (4:2) „Ajax“ safidagi ilk golini kiritdi[7]. 2015-yilning 19-fevralida Bazoer Legia Warshaw qarshi oʻyinda (1:0) Yevropa ligasida debyut qildi[8].

VfL Wolfsburg

2016-yilning 14-dekabrida VfL Wolfsburg Bazoer shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Transfer keyingi qishki transferlar oynasida amalga oshirildi. Shartnomaga koʻra 2021-yilning 30-iyunigacha oʻynashi kerak edi. Transfer narxi 12 million yevroga baholangan[9].VfL Wolfsburg safida 2017-yil 12-fevralda TSG 1899 Hoffenheimga qarshi Bundesliga o‘yinida debyut qildi[10].

Porto (ijara)

2018-yilning 31-avgustida Bazoer Primeira Liga vakili Portoga bir yilga ijaraga berildi[11]. Bazoer jarohatlar va intizomi yoʻqligi sababli „Porto“ ning birorta liga oʻyinida maydonga tushmadi[12].

Utrecht (ijara)

2019-yilning 7-yanvaridan mavsum oxirigacha Utrechtda ijara asosida oʻynadi[13].

Vitesse

2019-yil 12-iyulda Vitessga qoʻshildi. Uch yillik shartnoma imzoladi[14]. Bazoer 2019-yilning 3-avgustida sobiq jamoasi „Ajax“ga qarshi oʻyinda „Vitess“ safida debyut qilgan. Uchrashuvda gol urdi, ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi[15]

AZ Alkmaar

2022-yilning 1-avgustida Bazoer AZga tekinga qoʻshildi va uch yillik shartnoma imzoladi[16].

Xalqaro faoliyati

Yosh

Bazoer Gollandiyanining turli yoshlar darajasidagi terma jamoalarida oʻynagan. 2012-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Musobaqada chempionlini qoʻlga kiritgan[17].

2013-yil 4-yanvar kuni Curaçao Futbol Federatsiyasi Bazoerni Meksikada boʻlib oʻtadigan 2013-yilgi KONKAKAF U-20 chempionatiga Curaçao U-20 jamoasiga chaqirdi[18]. Bazoer Curaçaoda oʻynash huquqi bor edi. Lekin uning agentlari taklifni rad etdi va Bazoer Amsterdamda qoldi[19][20].

Professional

Bazoer 2015-yilning oktyabr[21] Gollandiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi. 2015-yilning 6-noyabrida Uels va Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga ham taklif qilindi[22]. 2015-yilning 13-noyabrida Uelsga qarshi kechgan o‘yinda asosiy tarkibdagi debyutini o‘tkazdi[23].

Faoliyat statistikasi

2-aprel, 2022-yil holatiga koʻra[24]
KlubMavsumLigaKubokBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Jong Ajax2013—2014Eerste Divisie210210
2014—2015131131
Jami3410000341
Ajax2014—2015Eredivisie171104[lower-alpha 1]1222
2015—2016295208[lower-alpha 2]0395
2016—201750213[lower-alpha 3]0101
Jami51651151718
Wolfsburg2016—2017Bundesliga12010130
2017—201813010140
Jami2502000270
Porto (ijara)2018—2019Primeira Liga00111[lower-alpha 4]021
Porto B (ijara)2018—2019LigaPro2020
Utrecht (ijara)2018—2019Eredivisie123002[lower-alpha 5]0143
Vitesse2019—2020Eredivisie22330253
2020—202129550345
2021—202221130120361
Jami729110120959
Jami faoliyati1901818230123821

Yutuqlari

Xalqaro

Niderlandiya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2012-yil

Individual

  • Ajax yilning eng yaxshi iqtidorli futbolchisi: 2016[25]

Manbalar