Semir Štilić

Semir Štilić (talaffuzi: Semir Shtilich; 1987-yil 8-oktabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining Željezničar klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Semir Štilić
Štilić 2013-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSemir Štilić
Tavallud sanasi8-oktyabr 1987-yil (1987-10-08) (36 yosh)
Tavallud joyiSarajevo, Yugoslaviya SFR
Boʻyi1.83 m (6 ft 0 in)[1]
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Željezničar
Raqami14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2005Željezničar
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2005—2008Željezničar49(17)
2008—2012Lech Poznań106(18)
2012—2013Karpaty Lviv22(1)
2013—2014Gaziantepspor6(1)
2014—2015Wisła Kraków52(16)
2015—2016APOEL16(3)
2017Wisła Kraków14(1)
2017—2019Wisła Płock39(4)
2019—Željezničar69(21)
Milliy terma jamoa
2007—2008Bosniya va Gersegovina U218(1)
2007Bosniya va Gersegovina Olimpiyada[2][3]1(0)
2008—2015Bosniya va Gersegovina7(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 6-noyabr uchun)

Bosniya va Gersegovina terma jamoasida ham oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati

Sarayevoda tugʻilgan Štilić futbolchilik faoliyatini 2005-yilda ona shahrining FK Željezničar klubida boshlagan. Željezničar bilan uch mavsum oʻtkazgandan soʻng, 2008-yilning iyun oyida Polshaning Lech Poznań klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[4].

2012-yilning 23-iyulida Štilić Lvovning „Karpaty“ jamoasiga qo‘shildi[5]. 2013-yil avgustida Turkiyaning Gaziantepspo klubiga oʻtdi[6][7].

2014-yil 23-yanvarda Štilić Polshaga qaytib ketdi va Wisła Kraków bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[8].

APOEL

2015-yil 13-iyun kuni Štilić Kipr birinchi divizioni APOEL klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2015-yilning 21-iyulida UEFA Chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichida Vardarga qarshi oʻyinda (1:1) APOEL safida debyut qilgan[9]. 2015-yilning 22-avgustida APOELdagi birinchi golini liga doirasida Ermis Aradippouga kiritdi[10]. 2015-yilning 26-avgustida Štilić 2015—2016-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida GSP stadionida Astana darvozasiga (1:1) uzoq masofadan jarima zarbasidan gol urdi[11].

2016-yilning 19-sentyabrida APOEL bilan shartnomasi oʻzaro bekor qilingan[12].

Wisła Płock

2017-yil 4-sentabrda Štilić Wisła Krakovdan Ekstraklasa klubi Wisła Płockga oʻtdi[13]. 2019-yilning may oyida, Wisła Płock bilan shartnoma imzolaganidan deyarli ikki yil oʻtib, klubni tark etishga qaror qildi[14].

Željezničarga qaytish

2019-yilning 2-avgustida, klubdan ketganidan o‘n bir yil o‘tib, Štilić Jeljezničar bilan uch yillik shartnoma imzoladi[15]. Oʻn bir yildan soʻng Jezničardagi birinchi oʻyini Sarayevo derbisida 2019-yil 31-avgustda Sarajevoga qarshi oʻyinda boʻldi[16]. 2019-yil 30-noyabrda Sarajevoga qarshi kechgan derbida Željezničarning 1:3 hisobida g‘alabali uchrashuvida ikkita gol urib, golli uzatmani amalga oshirgan holda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[17].

Xalqaro faoliyati

Štilić 2015-yilda Bosniya va Gersegovina terma jamoasida.

Štilić Bosniya va Gersegovina U21 terma jamoasida sakkiz oʻyinda maydonga tushgan, bitta gol urgan. 2007-yil 15-dekabrda Bosniyaning Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi (0:1)[2][3].

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida debyutini 2008-yilning 30-yanvarida Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan[18].

Shaxsiy hayoti

Semir sobiq futbolchi va hozirgi futbol menejeri Ismet Štilićning oʻgʻli.

Faoliyat statistikasi

Klub

6-noyabr, 2022-yil[19][20][21]
KlubMavsumLigaLigaKubokQitʼaBoshqaJami
IshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Željezničar2004—2005Bosniya Premyer-ligasi10---10
2005—20066030--90
2006—200717730--207
2007—2008251062--3112
Jami4917122--6119
Lech Poznań2008—2009Ekstraklasa299731231104915
2009—20102621040120322
2010—201128662141120499
2011—201223141--272
Jami106181863043015728
Karpaty Lviv2012—2013Ukraina Premer-ligasi22122--243
Gaziantepspor2013—2014Süper Lig6123--84
Wisła Kraków2013—2014Ekstraklasa16700--167
2014—201536900--369
Jami521600--5216
APOEL2015—2016Kipr birinchi divizioni1636081130314
Wisła Kraków2016—2017Ekstraklasa14100--141
Wisła Płock2017—2018Ekstraklasa27400--274
2018—2019120320000152
Jami394320000426
Željezničar2019—2020Bosniya Premyer-ligasi14831--179
2020—20212683110-309
2021—202212100--121
2022—202317410--184
Jami69217210-7723
Jami faoliyati37382501739540466104

Xalqaro

31-mart, 2015-yil[22]
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Bosniya va Gersegovina2008-yil10
2009-yil10
2010-yil10
2011-yil30
2012-yil00
2013-yil00
2014-yil00
2015-yil10
Jami70

Yutuqlari

Lech Poznań

  • Ekstraklasa: 2009—2010
  • Polsha kubogi: 2008—2009
  • Polsha Superkubogi: 2010

APOEL

  • Kipr birinchi divizioni: 2015—2016

Manbalar