Sergi Barjuán

Sergi Barjuán Esclusa (talaffuzi: Serji Barjuan) (1971-yil 28-dekabrda tugʻilgan), Sergi nomi bilan tanilgan, ispaniyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi, hozirda murabbiy.

Sergi Barjuán
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSergi Barjuán Esclusa
Tavallud sanasi28-dekabr 1971-yil (1971-12-28) (52 yosh)
Tavallud joyiLes Franqueses, Ispaniya
Boʻyi1.72 m
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978—1988Granollers
1988—1990Barcelona
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1990—1992Barcelona C
1992—1993Barcelona B42(4)
1993—2002Barcelona267(6)
2002—2005Atlético Madrid85(0)
Milliy terma jamoa
1990Ispaniya U181(0)
1993—1994Ispaniya U215(0)
1994—2002Ispaniya56(1)
1998—2004Cataloniya4(0)
Boshqargan klublari
2009—2011Barcelona (yoshlar)
2012—2014Recreativo
2015Almería
2017Mallorca
2017—2019Zhejiang Greentown
2021—2022Barcelona B
2021Barcelona (interim)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

„Barselona“dagi faoliyati bilan mashhur boʻlib, u toʻqqiz mavsum davomida asosiy jamoada oʻynagan va toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshgan. Professional klubdagi debyutidan koʻp oʻtmay Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan va u ikkita Jahon chempionati hamda ikkita Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.

2009-yilda Barjuán „Rekreativo“, „Almeriya“ va „Malyorka“ klublarini boshqarib, murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Futbolchilik faoliyati

Klub

Kataloniyaning Barselona shahridagi Les Franqueses del Vallès shahrida tugʻilgan Sergi "Barselona " akademiyasida tahsil olgan. Keyinchalik u asosoiy jamoaga chaiqirilgan. 1999-yilgacha xar mavsumda 31 tadan kam oʻyin oʻtkazmagan va jamoaning shubhasiz asosiy oʻyinchisiga aylangan[1][2].

Murabbiy Lui van Gal bilan yuzaga kelgan muaommolardan soʻng, Sergi „ Atletiko Madrid“ga qoʻshilgan[3].

Xalqaro

"Barselona"ning asosiy tarkibiga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, Sergi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan. Jamoadagi debyutini 1994-yil 9-fevralda Polsha bilan Santa-Kruz-de-Tenerifeda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida amalga oshirgan[4]. U 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Yevro 1996, 1998-yilgi Jahon chempionati va Yevro 2000da qatnashgan. Terma jamoa libosida jami 56 ta oʻyin oʻtkazgan[5].

Murabbiylik faoliyati

Barselona (yoshlar)

2009-yil iyul oyida, bir necha yil marketing va yoshlar uchun futbol lagerlarida ishlagandan soʻng, Barjuan „Juvenil B“ murabbiyi sifatida Barselonaga qaytgan[6]. Oʻz faoliyati davomida u Jerar Deulofeu, Patrik va Rafinyaga ustozlik qilgan, ular oxir-oqibat kattalar jamoasida ham oʻynashgan[7].

Recreativo

Barjuan professional jamoalar orasida birinchi ishini 2012-yil 22-mayda boshlagan. U Segunda Divisiónda Recreativo de Huelva jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[8]. 18-avgust kuni oʻzining debyutida u Xerez CDga qarshi bahsda 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan[9].

El Dekanodagi ikkinchi yilida Barjuan soʻnggi kuni pley-off yoʻllanmasini qoʻldan boy bergan. Keyin u 2014-yil iyun oyida shartnomasini bekor qilgan va uning oʻrniga Xose Luis Oltra kelgan[10][11].

Almeria

Barjuan 2015-yilning 6-aprelida ishdan boʻshatilgan Xuan Ignasio Martinesni oʻrniga „UD Almeria“ga bosh murabbiy etib tayinlangan[12]. Uning bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini ikki kundan keyin boʻlib oʻtgan, sobiq klubi „Barselona“ga safarda 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan[13].

2015-yil 3-oktabrda Barjuan CD Tenerifega qarshi oʻz uyida 2:2 hisobidagi durangdan soʻng klubdan chetlatilgan[14].

Mallorca

Barjuan oʻz faoliyatini 2017-yil aprel oyida RCD Mallorcada davom ettirgan[15]. U mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketgan[16].

Zhejiang Greentown

2017-yilning 26-noyabrida 45 yoshli Barjuan oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtgan va keyingi ikki mavsumda Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Zhejiang Greentown FC“ni boshqargan[17]. U 2019-yil 4-iyulda klubdan chetlatilgan[18].

Barselona B

2021-yil iyun oyida Barjuan ikki yillik shartnoma asosida „Barselona Atletic“ga Fransisko Xaver Garsiya Pimientaning oʻrniga tayinlangan[19]. 28-oktyabr kuni Ronald Kuman ishdan boʻshatilgach, Barjuan asosiy tarkibga vaqtinchalik rahbarlik qilib tayinlangan[20]. Ikki kundan soʻng, debyutida uning jamoasi „Deportivo Alaves“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan[21]. Ikkinchi oʻyinda Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Dinamo Kiev"ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[22].

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat KubogiYevropaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Barcelona1993—1994La Liga2304180351
1994—19953413080451
1995—19964006072532
1996—19973418070491
1997—19983128180473
1998—19993505150451
1999—20001916060311
2000—200133160130521
2001—20021800070250
Jami267646369238211
Atlético Madrid2002—2003La Liga26040-300
2003—200432050-370
2004—20052701030310
Jami85010030980
Karyerada jami352656372248011

Xalqaro

Ispaniya
YilOʻyinGol
1994-yil111
1995-yil60
1996-yil90
1997-yil40
1998-yil90
1999-yil50
2000-yil70
2001-yil40
2002-yil10
Jami561

Yutuqlari

Barselona

Ispaniya U21

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchinchi oʻrin: 1994-yil[23]

Manbalar