Tesho Akindele

Tesho Akindele (talaffuzi: Tesho Akindayl) — 1992-yil 31-martda Kanadaning Kalgari shahrida tugʻilgan. „Orlando City“ va Kanada terma jamoasi hujumchisi.

Tesho Akindele
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiTesho Akindele
Tavallud sanasi31-mart 1992-yil
Tavallud joyiCalgary, Alberta, Kanada bayrogʻi Kanada
Boʻyi1.85 m
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Orlando City
Raqami13
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2013Real Colorado Foxes1(0)
2014—2018FC Dallas133(24)
2019—Orlando City104(19)
2022Orlando City B1(1)
Milliy terma jamoa
2009Kanada U171(0)
2015—Kanada bayrogʻi Kanada19(3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 9-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 29-iyul uchun)

Klublardagi faoliyati

Tesho Akindele oʻz faoliyatini 2010—2013-yillarda universitetning futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan[1]. 2013-yil yozgi mavsumda Tesho Akindele „Real Colorado Foxes“ safida bitta oʻyinda ishtirok etdi.

MLS 2014 Super Draftida Tesho Akindele „Dallas“ tarkibida 6-oʻrinni egalladi[2]. Tesho Akindele professional debyutini 12-aprel kuni „Seattle Sounders“ klubiga qarshi oʻtkazdi[3]. 22-may kuni „Los Angeles Galaxy“ klubiga qarshi kechgan bahsda Tesho Akindele oʻzining birinchi professional golini raqib darvozasiga kiritdi[4]. 2014-yilgi mavsum yakunida 26 oʻyinda 7 ta gol urgan Tesho Akindele MLSda yilning eng yaxshi yangi futbolchisi deb topildi[5].

2018-yil 9-dekabrda Tesho Akindele „Orlando City“ klubigaa umumiy 150 000 AQSh dollari miqdoridagi sotildi[6]. 2019-yil 2-mart kuni mavsumning birinchi turida „New York City“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazib, raqib darvozasiga gol kiritdi[7].

Xalqaro faoliyati

2015-yil 12-iyun kuni Dominikaga qarshi JCh—2018 saralash bahsida Tesho Akindele Kanada terma jamoasi safida debyut qildi[8]. Oradan 5 kun o‘tib, javob o‘yinida Tesho Akindele terma jamoa safidagi ilk golini urdi[9].

2015-yilda Tesho Akindele CONCACAF Oltin kubogi uchun tarkibga kiritildi[10]. Turnirda Tesho Akindele Yamayka va Salvador bilan oʻyinlarda ishtirok etdi[11][12].

2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun 23 kishilik asl tarkibdan tashqarida qolganidan soʻng, Tesho Akindele jarohatlangan Ayo Akinola oʻrniga 23-iyul kuni chorak final oldidan terma jamoaga chaqirildi[13]. Tesho Akindele Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va Kanada 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi[14].

Kanada terma jamoasi safidagi gollari

SanaManzilRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2015- yil 16- iyunBeamo Field, Toronto, KanadaDominika1 :04 :0Jahon chempionati 2018 (saralash)
2.2016-yil 3- iyunRohrbach Stadium, Rohrbach an der Lafnitz, AvstriyaOzarbayjon1 :01 :1Oʻrtoqlik uchrashuvi
3.2020-yil 7- yanvarChampionship Soccer Stadium, Irvine, AQSHBarbados2 :04 :1

Manbalar