Wrecking Ball

Wrecking Ball“ (inglizchadan tarjimasi: „buzuvchi toʻp“) amerikalik qoʻshiqchi Miley Cyrus ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Bangerz (2013) nomli toʻrtinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2013-yilning 25-avgustida albomning ikkinchi singli oʻlaroq RCA Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matni MoZella, Stephan Moccio, Sacha Skarbek, Lukasz Gottwald va Henry Russell Walter tomonidan yozilgan. „Wrecking Ball“ pop ashula boʻlib, matni munosabat buzilishini muhokama qiladi; ehtimol, qoʻshiq Cyrus va avstraliyalik aktyor Liam Hemsworth orasidagi sobiq munosabatdan ilhomlangan.

„Wrecking Ball“
Miley Cyrus qoʻshigʻi
„Bangerz“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 25-avgust, 2013-yil(2013-08-25)
Janr Pop
Davomiyligi 3:41[1]
Leybl RCA
Matn muallif(lar)i
  • Maureen McDonald
  • Stephan Moccio
  • Sacha Skarbek
  • David Kim
  • Lukasz Gottwald
  • Cirkut
Prodyuser(lar)
  • Dr. Luke
  • Cirkut
Miley Cyrus singllari xronologiyasi
„We Can't Stop“
(2013)
Wrecking Ball
(2013)
„23“
(2013)
Klipi
„Wrecking Ball“ YouTubeda

„Wrecking Ball“ avvaliga musiqa tanqidchilari tomonidan aralash baholanib, Billboard Hot 100 chartida 50-pogʻonagacha koʻtarildi. Biroq, ashulaning janjalli videosi chiqqach, u Qoʻshma Shtatlarda birinchi raqamli hitga aylandi. Xalqaro miqyosda, jumladan Kanada, Yevropa va Okeaniyada ham qoʻshiq yuqori oʻrinlarga chiqdi.

„Wrecking Ball“ qoʻshigʻi uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Terry Richardson rejissorlik qildi. Klip 2013-yilning 9-sentyabrida chiqarildi. Unda Cyrus koʻz yoshlari oqizib kuylayotgani, bosqon bilan devorlarni urayotgani va kiyimsiz holda buzuvchi toʻpda uchayotgani tasvirlanadi. Tanqidchilar video haqida aralash fikrlar bildirishdi; ayrimlar uning eski videolardan farqlanishini maqtashsa, boshqalar videoni provokatsion deya baholashdi. Qoʻshiq klipi, shuningdek, „Eng yaxshi video“ (inglizcha: Best Video) va „Yil videosi“ (inglizcha: Video of the Year) nominatsiyalarida MTV Video Music Award mukofoti bilan taqdirlandi.

Jamoa

  • Charlie Bisberat — skripka
  • Mike Caffery — injiniring
  • David Richard Campbell — torli cholgʻular
  • Steve Churchyard — injiniring
  • Cirkut — qoʻshiqnavis, produser, dasturlash
  • Kevin Connolly — skripka
  • Miley Cyrus — asosiy vokal
  • Dr. Luke — qoʻshiqnavis, produser, dasturlash
  • Andrew Duckles — alt
  • Eric Eylands — yordamchi
  • Serban Ghenea — miksing
  • Clint Gibbs — injiniring
  • John Hanes — injiniring
  • Sven Heidinga — injiniring
  • Suzie Katayama — violonchel
  • David Kim — qoʻshiqnavis[2]
  • Songa Lee — skripka
  • Darrin McCann — skripka
  • Mozella — qoʻshiqnavis
  • Stephan Moccio — qoʻshiqnavis, pianino
  • Grace Oh — skripka
  • Joel Pargman — skripka
  • Alyssa Park — skripka
  • Sara Parkins — skripka
  • Rachael Pindlen — yordamchi
  • Steve Richards — violonchel
  • Irene Richter — koordinator
  • Sacha Skarbek — qoʻshiqnavis
  • Rudy Stein — violonchel
  • John Wittenberg — skripka
  • Steven Wolf — dovullar

Chartlar

Yillik

Chart (2013)Oʻrni
Avstraliya (ARIA)[49]22
Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[50]35
Belgiya (Ultratop Flanders)[51]36
Belgiya (Ultratop Wallonia)[52]59
Kanada (Canadian Hot 100)[53]33
Daniya (Tracklisten)[54]50
Finlandiya (Suomen virallinen lista)[55]1
Fransiya (SNEP)[56]35
Germaniya (Media Control AG][57]47
Italiya (FIMI)[58]38
Niderlandiya (Dutch Top 40)[59]47
Niderlandiya (Mega Single Top 100)[60]34
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[61]32
Sloveniya (SloTop50)[62]36
Janubiy Afrika Respublikasi (IFPI South Africa)[63]9
Ispaniya (PROMUSICAE)[64]33
Shvetsiya (Sverigetopplistan)[65]31
Shveysariya (Schweizer Hitparade)[66]49
Birlashgan Qirollik Singles (Official Charts Company)[67]41
AQSh Billboard Hot 100[68]18
AQSh Mainstream Top 40 (Billboard)[69]48
Chart (2014)Oʻrni
Belgiya (Ultratop Wallonia)[70]74
Kanada (Canadian Hot 100)[71]62
Fransiya (SNEP)[72]95
Italiya (FIMI)[73]73
Sloveniya (SloTop50)[74]45
Ispaniya (PROMUSICAE)[75]45
Shveysariya (Schweizer Hitparade)[76]73
AQSh Billboard Hot 100[77]44
AQSh Adult Contemporary (Billboard)[78]46

Oʻn yillik

Chart (2010-2019)Oʻrni
AQSh (Billboard Hot 100)[79]99

Reliz tarixi

MamlakatSanaManba
AQSh25-avgust 2013-yil[80]
Italiya13-sentyabr 2013-yil[81]
AQSh16-sentyabr 2013-yil[82]
AQSh17-sentyabr 2013-yil[83]
Birlashgan Qirollik6-oktyabr 2013-yil[84]
Germaniya18-oktyabr 2013-yil[85]

Manbalar

Havolalar