Zinaida Turchina
Zinaida Mixaylovna Turchina (Qizlik familiyasi Stolitenko; 1946-yil 17-may, Kyiv) — sovet va ukrainalik gandbolchi, ikki karra olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Yevropa chempionlar kubogining koʻp karra gʻolibasi va koʻp karra SSSR chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1972). U Kyivning „Spartak“ jamoasida faoliyat yuritgan. 1965-yildan 1988-yilgacha SSSR terma jamoasida 500 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
Zinaida Turchina | |
---|---|
![]() Gandbol boʻyicha SSSR ayollar terma jamoasi. Turchina oʻngda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | ![]() ![]() |
Tavallud sanasi | 17-may, 1946-yil Kyiv, Ukraina |
Sport | |
Qaysi sport | Gandbol |
2000-yilda Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, sayyoramizning 20-asrdagi eng yaxshi gandbolchisi deb topilgan[1].
1993-yildan „Kyiv-Spartak“ gandbol klubi prezidenti.
Tarjimai holi
1965-yilda Zinaida Stolitenko Spartak klubi bosh murabbiyi Igor Turchinga (1936-1993) turmushga chiqqan. Zinaidaning aytishiga qaraganda, oʻsha paytda butun jamoa Turchinga oshiq boʻlgan va murabbiy Zinaidaga taklif qilganini bilib, gandbolchilar turchinga qarshi boykot eʼlon qilishgan. 1971-yilda ularning oilasida Natalya ismli qiz dunyoga kelgan. 1983-yilda oʻgʻil farzandli boʻlishgan. Oʻgʻlining ismi Mixail.
Faoliyati
1959-yilda Zinaida Turchina maktab davrida Igor Turchin bilan mashgʻulotlarni boshlagan. 3 yil oʻtib, yaʼni 1962-yilda ularning saʼy-harakati bilan „Spartak“ gandbol klubiga asos solingan. Zinaida klubda 1994-yilgacha uzluksiz oʻynagan (1990-yildan oʻynovchi-murabbiy sifatida). 1989-yildan boshlab qizi bilan bir jamoada harakat qilgan. Zinaida Turchina 20 marta SSSR chempionligi, 1 marta Ukraina chempionligi va 13 marta Yevropa kubogini (bu turnir rekordi) qoʻlga kiritgan. 1994—1996-yillarda Zinaida Turchina Spartak gandbol klubi va Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. 1993-yildan buyon „Spartak“ prezidenti.
Davlat mukofotlari
- SSSR
- Ukraina