Kontent qismiga oʻtish

Bahor tarovati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saylanma. Bahor tarovati. 1-jild
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar, dostonlarlar va pyesa
Nashr etilgan sanasi 2015
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Sahifalar soni 432
ISBN ISBN 978-9943-26-164-8
Keyingisi „Yoz harorati“

„Bahor tarovati“, toʻliq nomi „Saylanma. Bahor tarovati. 1-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Yoz harorati“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning birinchi jildi. 2015-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, birinchi jild bahor fasli va yoshlikning tarovati va goʻzalligiga bagʻishlangan[1].

Toʻplamga Ibrohim Gʻafurov kirish soʻz yozgan. Unga shoirning ilk sheʼrlari hamda „Nido“, „Orzu chashmasi“, „Palatkada yozilgan doston“, „Quyosh maskani“ dostonlari, shuningdek, uch pardali „Oltin devor“ komediyasi kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Yoʻq, halovat istamayman!“ „Yoshlik devoni“ hamda „Bolaligim — bozorim“ turkumlariga boʻlingan.

Yana qarangmanbasini tahrirlash

Manbalarmanbasini tahrirlash

Havolalarmanbasini tahrirlash


🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi