Kontent qismiga oʻtish

Kinda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinda — arab qabilasi, Xadramavtning gʻarbida istiqomat qilgan. Milodiy 5-asr boshida K. himyariy podshohlari yordamida Markaziy Arabiston qabilalarini boʻysundirgan va markazi Yamoma va Bahraynda boʻlib, Himyariylar podshohligiga qaram boʻlgan davlat barpo etgan. K.ning eng mashhur podshohlari — sulola asoschisi Hujr ibn Amr (425—458) va uning nabirasm al-Xo-ris (489—529). Uning davrida K. yerlari Vizantiya va Eron chegaralarigacha yetgan. K. davlati 529 yil laxmiylardan magʻlubiyatga uchrab oʻzaro nizolar natijasida qudrati singan. 6-asr oʻrtasida K. davlati Markaziy Arabistondagi mulklaridan mahrum boʻlgan. K.ning Yamoma va Bahrayndagi hukmronligi 7-asrning 30-yillarigacha saqlangan. K. davlati — Markaziy Arabiston hududida vujudga kelgan ilk davlat birlashmasi boʻlib, u Arab xalifaligining barpo etilishiga zamin tayyorlagan. Johiliyat davrining mashxur shoiri Imrulqays (6-asr) K.dan chiqqan.[1]

Manbalarmanbasini tahrirlash




🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi