Kontent qismiga oʻtish

Vestgotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vestgotlar, vizigotlar, tervinglar — german qabilasi, gotlarning gʻarbiy tarmogʻi. Mil. 3—4-asrlarda Dnestr daryosining gʻarbiy tomonida yashagan V. 4-asrning 70-y.larida gunnlar siquvi ostida Dunay daryosidan oʻtib Myoziyaga oʻrnashganlar (qarang Xalqlarning buyuk koʻchishi). 418-yil Jan. Galliyada Gʻarbiy Rim imperiyasi hududida markazi Tuluza sh. boʻlgan ilk varvar qirolligini barpo etganlar. 5-asr 2-yarmida V. Ispaniyaning katta qismini egallab olganlar. 507-yil franklar tomonidan Jan. Galliya bosib olingach, bu yer V. qirolligining asosiy hududi boʻlib qolgan; 6-asr oʻrtasidan uning poytaxti Toledo sh. boʻlgan. V. ayrim mahalliy yer egalari qoʻlidagi haydaladigan yerlarning 2/3 qismini tortib olganlar. Rim tartiboti bilan yaqindan tanishish V.larga urugʻ-qabilachilik munosabatlaridan ilk mulkchilik tuzumiga oʻtish imkonini bergan. Vestgot qirolligida hukmron etnik guruh boʻlgan bosqinchi V. asta-sekin mahalliy ispan-rim aholisi bilan aralashib ketgan. 711—718-yillarda V. davlati arablar tomonidan zabt etilgan (yana q. Ispaniya).

Adabiyotlarmanbasini tahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi