Aaron Frenkel

Aaron G. Frenkel (1957-yil 9-sentyabrda Isroilda tugʻilgan) – xalqaro tadbirkor, investor va xayriyachi.

Faoliyati

Frenkel 1980-yillardan beri investitsiyalar, mol-mulk va koʻchmas mulk bilan shugʻullanadigan Loyd’s Group kompaniyasining egasi[1][2].U Loyd guruhini Markaziy va Sharqiy Evropada The Boeing kompaniyasi, Airbus SE, Gulfstream Aerospace, Agusta, Embraer va boshqalar kabi asosiy tijorat fuqaro aviatsiyasi sanoatining ishlab chiqaruvchi (OEM) vakili sifatida tashkil etgan[3] . Kompaniya soʻnggi 25 yil davomida 35 milliard dollardan ortiq sarmoya va bitimlarda ishtirok etgani taxmin qilinmoqda[4]. Frankel 2020-yilda Isroil koʻchmas mulk sektoridagi eng yirik va eng qadimgi kompaniyalardan biri boʻlgan Gav-Yam koʻchmas mulk kompaniyasida boshqaruvni qoʻlga kiritadi. 2021-yilning dekabr oyida esa Gav-Yamdagi mulkini Property & Building Korporatsiyasiga sotgan[5].

U Abu Dabidagi Mubadala Investment kompaniyasi bilan birga Oʻrta yer dengizidagi Tamar gaz konining 22% ulushini sotib olgan[6][7].Keyin bank sektoriga sarmoya kiritib, 2022-yilning iyun oyida Bank Leumining eng yirik xususiy aktsiyadoriga aylanadi (2,1%)[8].Aoran Frenkel Yevro-Osiyo yahudiylari kongressi (EAJC) raisi, Butunjahon yahudiylar kongressi (WJC) vitse-prezidenti va Limmud FSU prezidenti hisoblanadi[9][10].

Xayriyasi

U sogʻliqni saqlash, farovonlik, toza atrof-muhit va taʼlim sohalarida xayriyachi.

Shaxsiy hayoti

Frenkelning turmush oʻrtogʻi Maja Rut Frenkel boʻlib, ularning 5 ta farzandi bor.

Mukofot va eʼtiroflari

  • Nikola Sarkozi tomonidan Fransiyaning Legion d’honneur mukofoti berilgan[11].
  • Shimon Peres Isroil Davlati Prezidenti lavozimida ishlagan davrida Isroil prezidentlik konferentsiyasining raisi[12].
  • Monako shahzodasi Albert II tomonidan Chevalier de L’ordre de Grimaldi faxriy medali taqdim etilgan.
  • Butunjahon yahudiylar kongressi vitse-prezidenti[13] .
  • Yevro-Osiyo yahudiy kongressi boshqaruvi raisi[14].
  • Xorvatiya Respublikasining Quddusdagi faxriy konsuli[15].
  • Tel-Aviv sanʼat muzeyi aʼzosi[16][17].
  • Tel-Aviv universiteti boshqaruv kengashi aʼzosi[18].
  • Yakir Keren Hayesod mukofoti laureati[19].

Manbalar

Havolalar