Abbos Atoyev

Abbos Abdurazzoqovich Atoyev 1986-yil 7-iyun kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tugʻildi. 2008-yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

  • 2004-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar orasida jahon chempionatida bronza medali sovrindori, 2004-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan talabalar orasida jahon chempionatida kumush medali sovrindori.
  • 2007-yilda Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida, 2007-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
  • 2005-2012-yillar mobaynida Qozogʻiston, Ukraina, Chernogoriya, Xitoy Taypey, Turkiya, Finlandiya davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Rossiya, Bolgariya, Germaniya, Armanistonda boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalar sovrindori.
  • 2009-yil Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
  • 2010-yilning 13-16-noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 2-oʻrinni egalladi
  • 2012-yil Qozogʻistonning Osiyo Olimpiya saralash musobaqasida oltin medal sohibiga aylandi va shu bilan London Olimpiyadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
  • 2012-yilda Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan XXX Olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Abbos Abdurazzoqovich Atoyev
Tavalludi 7-iyun 1986-yil (1986-06-07) (37 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori
Abbos Atoyev
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Boks
Bronza2012 Yozgi Olimpiya oʻyinlari75kg
Oltin2007 Jahon Chempionati81 kg
Oltin2009 Jahon Chempionati75 kg
Kumush2010 Osiyo O'yinlari75 kg

Mehnat faoliyati

  • 2004-2008 — Buxoro davlat universiteti talabasi
  • 2004-2009 — Buxoro viloyati 2-son iqtisoslashtirilgan bolalar olimpiya zahiralari sport maktabida boks boʻyicha murabbiy
  • 2009-h.v. — Markaziy harbiy sport klubida harbiy xizmatchi

Mukofotlangan

Boks boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.

  • 2005-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni
  • 2007-yil „El-yurt hurmati“ ordeni
  • 2009-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni
  • 2012-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”[1]

Manbalar