Abulfayzxon (drama)

Abulfayzxon“ dramasi (yoki „Abulfayzxon“ tragediyasi) — oʻzbek adibi Fitratning 1924-yilda chop etilgan dramasi. Drama oʻzbek adabiyoti tarixida yozilgan ilk tarixiy pyesa hisoblanadi. Ayni paytda asar Fitrat adabiy-badiiy ijodining choʻqqisi ekanligi taʼkidlab kelinadi[1][2].

Abulfayzxon
Muallif(lar) Abdurauf Fitrat
Muharrir(lar) Dilorom Boymirzayeva
Bezovchi(lar) Xosiyat Hasanova
Mamlakat Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i drama
Nashr etilgan sanasi 2019
Nashriyot Zukko kitobxon
Sahifalar soni 53
ISBN 978–9943-5737-5-8

Mavzusi

Drama XVII asr Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasining soʻnggi vakili Abulfayzxon davri voqealariga bagʻishlangan. Asar davomida hokimiyatni egallash hamda uni qoʻlida saqlab qolish payida boʻlgan Abulfayzxonning toj-taxtga daʼvogarlik qilgan barchani oʻldirib yuborishi va shu orqali oʻz fojiasiga zamin yaratgani bilan bogʻliq voqealar ochib berilgan[3][4].

Manbalar