Adrian Lamo

Adrián Alfonso Lamo Atwood (1981-yil 20-fevral – 2018-yil 14-mart) amerikalik, tahdidlar boʻyicha tahlilchi[4][5] va xaker boʻlgan[6]. Lamo birinchi marta ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini, bir qancha yuqori darajadagi kompyuter tarmoqlariga, jumladan The New York Times, Yahoo! va Microsoft tarmoqlariga buzib kirishi orqali oʻziga qaratgan. 2003-yilda hibsga olinishi bilan yakunlagan[7].

Adrian Lamo
Tavalludi 20-fevral 1981[1]
Vafoti 14-mart 2018[2][3][1]
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayti https://about.me/aal

Lamo 2010-yilda[8] Chelsea Manningning WikiLeaks saytida AQSH ning nozik masaladagi maʼlumotlarini yuklagani uchun u haqida armiya jinoiy tergovchilariga xabar beradi va shu ishi orqali mashhur boʻladi[9][10]. Lamo 2018-yil 14-martda 37 yoshida vafot etdi[11].

Tarjimai holi

Adrian Lamo Massachusets shtatining Malden shahrida tugʻilgan[12][13]. Uning otasi Mario Rikardo Lamo kolumbiyalik boʻlgan[14]. Adrian Lamo Bogotá va San Franciscodagi[15] oʻrta maktablarda ham oʻqigan, shungga qaramay u maktabni tamomlamagan[16][17][18], ammo GEDni qolga kiritish orqali Kaliforniyaning Sacramento okrugidagi American River kollejidagi[19] kurslarga oʻtishga qaror qilingan[20][21].

Lamo oʻzining xakerlikdagi ish qadamlarini Commodore 64 dagi mavjud oʻyinlarni buzish va telefon qoʻngʻiroqlarni soxtalashtirish, telefon liniyalaridan ruxsatsiz foydalanish va ular uchun pul toʻlamasdan qoʻngʻiroq qilish orqali boshlagan[22].

Yana qarang

Manbalar