Aerofotorazvedka

Aerofotorazvedka — samolyot yoki boshqa uchish apparatlariga oʻrnatilgan aerofotoapparatlar yordamida yerdagi obʻektlarni suratga olish. Aerofotorazvedkani uchuvchisiz yoki maxsus razvedkachi samolyotlar bajaradi. Razvedkachi samolyotda bir necha fotoapparat boʻlib, ular erdan berilgan dastur-topshiriqqa binoan avtomatik ravishda suratga oladi yoki uchuvchi tegishli obʻektlarni tanlab suratga oladi. Harbiy ishda dushman qarorgoxlari va obʻektlarini, strategik inshootlarini suratga olishda Aerofotorazvedkadan foydalaniladi.[1]

Manbalar

Aerofotorazvedka