Air Austral

Air Austral — shtab-kvartirasi Sen-Deni (Reyunion) shahrida joylashgan Fransuz aviakompaniyasi boʻlib, Reyuniondan Fransiya, Janubiy Afrika, Avstraliya, Yangi Kaledoniya va Hind Okeani qirgʻoqlarida joylashgan mamlakatlarga muntazam yoʻlovchi tashishni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning asosiy aeroporti va uning asosiy tranziti (hub) Sen- Denidagi Rolan Garros nomidagi aeroporti hisoblanadi. 2012-yilda kompaniyada 900 kishi ishlagan.

Air Austral
IATAICAOIdentifikatori
UUREUREUNION
Tashkil topgan 1975-yil
Boshlangan amaliyotlari 1990-yil noyabr[1]
Havo tuguni Roland Garros Airport
Alyansi Vanilla Alliance[en]
Park hududi 8 (+2 buyurtma)[1]
Egasi
  • Capricorn
  • Indigo Card
Bosh qarorgohi Reyunion bayrogʻi Reyunon Sent-Denis, Reunion
Muhim shaxslar Marie-Joseph Male (CEO)[2]
Sayti http://www.air-austral.com

Air Austral xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining toʻliq aʼzosi hisoblanadi.

Tarixi

Air Austral aviakompaniyasining Boeing 777-200ER samolyoti avvalgi livreyeda. Parijdagi Sharl de Goll aeroporti, 2005-yil

Réunion Air Services (RAS) 1974-yil dekabr oyida biznesmen Jerar Etiève tomonidan asos solingan va Reunionda joylashgan birinchi tijorat aviakompaniyasiga aylangan[3][4]. 1977-yil avgust oyida RAS 32 oʻrinli Hawker Siddeley HS 748[3] turboprop samoylyoti bilan Sent-Mari va Mayot[4] oʻrtasidagi birinchi mintaqaviy yoʻnalishini yolga qoʻydi. 1986-yil dekabr oyida aviakompaniya oʻzining rasmiy nomini Air Réunion[4] ga oʻzgartirdi.

1990-yil oktyabr oyida Air Réunion Sematra tomonidan sotib olindi, uning 46 % mahalliy hukumatga tegishli boʻlsa, qolgan 54 % xususiy tadbirkorlar va banklarga tegishli edi[4]. Bir oy oʻtgach, aviakompaniya yana bir bor oʻzining rasmiy nomini hozirgi Air Austral[3] ga oʻzgartirdi. Ikki oy oʻtgach, tashuvchi oʻzining birinchi Boeing 737-500[3] ni sotib oldi. Xuddi shu turdagi keyingi samolyot 1994-yilda foydalanishga topshirildi va uch yildan soʻng kompaniya Boeing 737-300QC ni ham sotib oldi, u ham yoʻlovchi va yuk tashish uchun ishlatilishi mumkin boʻlagan[4].

2008-yilda Air Austral ekipaj aʼzolari va kompaniya xodimlari uchun Balenciaga tomonidan ishlab chiqilgan yangi kiyimlarni taqdim etdi. Xuddi shu yili aviakompaniya parki ikkita ATR 72-500 turboproplari bilan toʻldirildi[3].

2010-yil iyun oyida aviakompaniya rahbariyati kelasi yilning fevral oyidan Reyuniondan Bordo va Nantga muntazam yoʻnalishlar ishga tushirilishini eʼlon qildi.

2012-yilning bahorida Air Austral Reyunion -Sidney-Yangi Kaledoniya yoʻnalishi boʻyicha rejalashtirilgan reyslar yopilganini eʼlon qildi.

2012-yil aprel oyida Air Austral buyurtma qilingan Boeing 777-200LR samolyoti uchun toʻlovni amalga oshira olmadi, aviakompaniya ushbu laynerni boshqa tashuvchilarga qayta sotish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotgan edi. Natijada laynerlar Orenair[5][6] ga sotildi.

Tez orada kompaniya qayta tuzildi, shundan soʻng, 2014-yilda Air Austral yana daromad olishni boshladi[7].

Yoʻnalish tarmogʻi

2021-yil 14-avgustdan COVID-19 pandemiyasi davrida muntazam reyslar toʻxtatildi. 2017-yil may oyida aviakompaniyaning yoʻnalishlar tarmogʻi quyidagi yoʻnalishlarni qamrab olgan edi:

Mamlakat/
hudud
ShaharIATA kodiICAO kodiAeroportIzohlarManbalar
Komor orollariMoroniHAHFMCHShahzoda Said Ibrohim nomidagi xalqaro aeroporti[8]
FransiyaMarselMISSISLFMLMarsel Provans aeroporti
ParijCDGLFPGParij-Sharl de Goll xalqaro aeroporti[9]
MayotteDzaudziDZAFMCZDzaoudzi xalqaro aeroporti[10]
ReyunionSen-DenisRUNFMEERoland Garos aeroportimarkaz[11]
Sent-PyerZSEFMEPSent-Pyer aeroportimarkaz
HindistonChennayMAAVOMMChennay xalqaro aeroporti[12]
MadagaskarAntananarivoTNRFMMIIvatu aeroporti[13]
TaulantaroFTUFMSDTaulantara aeroporti
Nosy BeNOSFMNNNosy Be aeroporti
ToamasinaTMMFMMTTuamasina aeroporti
ToliaraTLEFMSTTuliara aeroporti
MavrikiyRodrigesRRGFIMRSir Gaetan Duval nomidagi aeroporti
Port-LuisMRUFIMPSer Seewoosagur Ramgoolam xalqaro aeroporti[14]
Seyshel orollariMaheEIZFSIASeyshel orollari xalqaro aeroporti[15]
Janubiy AfrikaYoxannesburgJNBFAORO. R.Tambo nomidagi xalqaro aeroporti[16]
TailandBangkokBKKVTBSSuvarnabhumi xalqaro aeroporti[17]

Kod-sherenga shartnomalari

  • Air Madagascar
  • Air India

Flot

Boeing 777-300ER Air Austral
Air Austral kompaniyasining shaxsiy angarlari

2022-yil fevral holatiga koʻra, Air Austral samolyotlarining oʻrtacha yoshi 5,3 yoshni tashkil etadi[18].

Air Avstral havo floti[19]
Samolyot turiJamiBuyurtma qilinganYoʻlovchi oʻrindiqlari
CY+YJami
ATR 72-500
6868
Airbus A220-3003
12120132
Boeing 737-8001
18144 171162
171
Boeing 787-8218244262
Boeing 777-300ER31840384442
Jami9
Ilgari Ekspluatatsiya qilingan

Manbalar

Havolalar