Alixan Smailov
Alixan Asxanovich Smailov (qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов; 1972-yil 18-dekabrda tugʻilgan, Olma-Ota, Qozogʻiston SSR, SSSR) — qozoq davlat va siyosiy arbobi, sobiq Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022—2024).
Alixon Asxanovich Smayilov | |||
---|---|---|---|
qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов | |||
12-Qozogʻiston Respublikasining Bosh vaziri | |||
Mansab davri 11-yanvar 2022 (v.b 5 — 11-yanvar 2022, 29 — 30-mart 2023) – 6-fevral 2024-yil | |||
Prezident | Qosim-Joʻmart Toqayev | ||
Oʻtmishdoshi | Asqar Mamin | ||
Vorisi | Roman Sklyar Oʻljas Bektenov | ||
Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari | |||
Mansab davri 18-yanvar 2021-yil – 11-yanvar 2022-yilgacha | |||
Prezident | Qosim-Joʻmart Toqayev | ||
Bosh vazir | Asqar Mamin | ||
Vorisi | Roman Sklyar | ||
Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri | |||
Mansab davri 18-sentabr 2018-yil – 18-may 2020-yil | |||
Prezident | Nursulton Nazarboyev Qosim-Joʻmart Toqayev | ||
Oʻtmishdoshi | Baxt Sultanov | ||
Vorisi | Jamaubayev Erulan | ||
Qozog‘iston Respublikasi Statistika agentligi raisi | |||
Mansab davri noyabr 1999-yil – fevral 2003-yil | |||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||
Tavalludi | 18-dekabr 1972-yil Almati shahri, Qozoq SSR, SSRI | ||
Onasi | Anarkul Tayjanova | ||
Otasi | Smayilov Asxan Smayilovich | ||
Mukofotlari |
Biografiyasi
1994-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetini amaliy matematika mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda esa Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozogʻiston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutini “Davlat boshqaruvi magistri” darajasini olgan.2022-yil 5-yanvarda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.2022-yil 11-yanvarda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangan.
Karyerasi
- “A-Invest” investitsiya va xususiylashtirish fondi xodimi (1993-1995)[1];
- Almati shahar hokimligi savdo-sanoat boshqarmasi bosh mutaxassisi (1995-1996);
- Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy xo‘jalik kengashi stajyori (1996);
- Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika agentligi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i (1996-yil avgust – 1998-yil mart);
- Qozog‘iston Respublikasi Statistik rejalashtirish va islohotlar agentligining statistika va tahlil qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (1998-yil mart – 1998-yil aprel);
- Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh eksperti, sektor mudiri (1998-1999);
- Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkiliy-nazorat boʻlimi davlat inspektori (1999-yil avgust - noyabr);
- Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (1999-yil noyabr - 2003-yil fevral);
- Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (2003-yil fevral — 2003-yil);
- Eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash davlat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2003-2006);
- Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari (2006-yil fevral – 2007-yil yanvar);
- "Kazagro" Milliy xoldingi AJ prezidenti (2007-yil yanvar - 2008-yil noyabr);
- Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari (2008-yil 21-noyabr – 2009-yil oktyabr);
- Qozog‘iston Respublikasi Statistika agentligi raisi (2009-yil 27-oktabr – 2014-yil 13-avgust);
- Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qo‘mitasi raisi (2014-yil avgust – 2015-yil dekabr);
- Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi (2015-yil 11-dekabr – 2018-yil 18-sentabr);
- Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri (2018-yil 18-sentabrdan boshlab)
- Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri (2022-yil 11-yanvardan)
Mukofotlari
- Medallar: “Mashaqqatli mehnati uchun”, “Qozog‘iston mustaqilligiga 10 yil”, “Qozog‘iston Konstitutsiyasiga 10 yil”, “Ostona shahriga 10 yil”, “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun”, II darajali ( 05/08/2015).
- Orden "Parasat" (2020)[2].
Oilasi
- Otasi: Smailov Asxan Smailovich, Almati shahridagi 17-sonli poliklinikaning sobiq bosh shifokori[3].(1948-yil 17-iyunda tugʻilgan)
- Onasi: Anarkul Tayjanova (1947-yil 4-noyabrda tugʻilgan)
Alixan Smailov uylangan va uch farzandi bor: Asxan Ayizere Alixanqizi (2013-yil 1-martda tugʻilgan), Asxan Janiya Alixanqizi (2015-yil 20-iyulda tugʻilgan), Asxan Alisulton Alixanuli (2018-yil 10-sentabrda tugʻilgan)
- Xotini: Smailova Baljan Duanbekovna (1987-yil 1-sentyabrda tugʻilgan)
- Opasi: Abildaeva Toʻlqin Asxanovna (1969-yil 29-iyunda tugʻilgan)
- Ukasi: Smailov Erjan Asxanovich (1983-yil 10-sentyabrda tugʻilgan)[4].
Manbalar
Havolalar
- http://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30407668
- https://www.nur.kz/1753293-cto-izvestno-o-novom-ministre-finansov-alihane-smailove.html
Andoza:Alixan Smailovning vazirlar mahkamasi