Amad Diallo

Amad Diallo (talaffuzi:  Amad Diallo) (2002-yil 11-iyulda tugʻilgan) — Kot-d’Ivuarlik professional futbolchi. Ahmad Diallo Kot-d’Ivuar milliy terma jamoasidan ijara shartnomasi asosida Premer Liga vakili „Sanderland“ klubiga oʻtgan. Ahmad Diallo „Sanderland“ klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Amad Diallo
Diallo Manchester United klubi bilan 2021-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAmad Diallo[1]
Tavallud sanasi11-iyul 2002-yil (2002-07-11) (21 yosh)[2]
Tavallud joyiAbidjan, Kot-d'Ivuar
Boʻyi1.73 m[2]
Ampluasiqanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sunderland (ijara)
Raqami16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014—2015Boca Barco
2015—2019Atalanta
2021—2022Manchester United
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2019—2021Atalanta4(1)
2021-Manchester United3(0)
2022Rangers (ijara)10(3)
2022-→ Sunderland (ijara)9(1)
Milliy terma jamoa
2021-

Kot-d’Ivuarning 23 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
4(0)
2021-Kot-d'Ivuar milliy futbol terma jamoasi3(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-oktyabr uchun)

Kot-d'Ivuarda tugʻilgan Ahmad Diallo bolaligida Italiyaga koʻchib oʻtgan. Ahmad Diallo 2015-yilda „Atalanta“ klubining yoshlar tizimiga qoʻshildi va u yerda ikki marta „Campionato Primavera 1“ unvonini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Ahmad Diallo kattalar jamoasidagi debyut oʻyinida gol urdi. Bu natija Ahmad Dialloni A Seriyada gol urgan eng yosh futbolchiga aylantirdi. 2021-yil yanvarida Ahmad Diallo Angliyaning „Manchester United“ klubiga oʻtdi. 2022-yilda Ahmad Diallo „Rangers“ va „Sanderland“ klublariga ijaraga berilgan.

Ahmad Diallo 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinlarda Kot-d’Ivuar milliy futbol terma jamoasi safida debyut qildi.

Yoshligi

Kot-d'Ivuarning Abidjan shahrida tugʻilgan[3] Ahmad Diallo yoshligida Italiyaga koʻchib oʻtgan[4]. Ahmad Diallo 2014-yil sentyabrida „Boca Barco“ klubining yoshlar jamoasida oʻynay boshlagan[5]. Ahmad Diallo u yerda 2014-yilgi Rojdestvo turnirida katta taassurot qoldirgan. Ahmad Diallo oʻsha vaqtda maydondagi eng yosh futbolchi sifatida turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan edi[6]. Ahmad Diallo 2015-yilning 14-yanvarida klub bilan rasmiy shartnomasini imzolagan[7].

Oʻyin uslubi

Mezzala sifatida oʻynashga qodir boʻlgan qanot himoyachisi Ahmad Diallo yuqori texnik qobiliyatga ega. Ikki oyoqda ham yaxshi paslarni amalga oshira oladigan Ahmad Diallo oʻzining tezkorligi va maydonni yaxshi koʻra olishi bilan boshqa oʻyinchilardan ajralib turadi[6].

Shaxsiy hayoti

Ahmad Diallo musulmon hisoblanadi[8][9]. Ahmad Diallo Italiya pasportini 2020-yil dekabr oyi oxirida oldi[10].

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJami
DiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Atalanta2019-20[11]A seriya31000031
2020-21[12]A seriya10001020
Jami4100001051
Manchester United2020-21[12]Premer-liga30104181
2021-22[13]Premer-liga0000001010
Jami3010005191
Rangers (ijara)2021-22[13]Shotlandiya Premer-ligasi1033000133
Sanderland (ijara)2022-23[14]Chempionat91000091
Jami265400061366

Xalqaro

Terma jamoadagi oʻyin faoliyati
Milliy terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Kot-d’Ivuarning 23 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi

2021-yil40
Kot-d’Ivuar milliy futbol terma jamaosi[15]2021-yil31
Jami71
Amad Diallo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqaMnb.
12021-yil 5-iyunStade National, Abidjan, Kot-d’Ivuar  Burkina Faso2-12-1Oʻrtoqlik uchrashuvi[16]

Manbalar