Andoza:Xushsifat maqola


Shirbudun saroyi. XX asrda olingan surat.
Shirbudun saroyi. XX asrda olingan surat.

Shirbudun saroyi — Buxoro amirlarining siyosiy qarorgohlaridan biri. Saroy Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Muzaffarxon va Amir Abdulahadxon davrlarida qurib bitkazilgan. 1870-yillarda Shirbudun atrofida durezgar Abdurasul, ganchkor (gilkor) usta Rahim Hayotov va boshqa ustalar ishtirokida saroy, masjid, hovuz, tomoshagoh kabi binolar qurilgan. Binoning tashqi koʻrinishi oʻzida Eron va Yevropa arxitekturasi belgilarini mujassamlashtirgan. Saroydan, asosan, elchilarni kutib olish, yarmarkalar va turli xil sayllar oʻtkazilishida foydalanib kelingan. Shirbudun saroyi Yevropa dizayniga xos mebellar hamda qandillari bilan ajralib turgan. Buxoro amiri Amir Abdulahadxon hukmronlik qilgan davrda majmua uchun qoʻshimcha xonalar va koʻngilochar zal qurilgan. Saroy taxminan XX asr oʻrtalarida toʻliq buzib yuborilgan, bugungi kungacha saqlanib qolmagan.(Davomi...)