Andrew Wiles

britaniyalik matematik

Andrew Wiles (talaffuzi: Endryu Uayls) (1953-yil 11-aprelda tugʻilgan)[1]  — angliyalik-amerikalik matematik. Sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1996-yil Wolf mukofotini olgan. Fermatning soʻnggi teoremasini isbotlab bergani uchun 2016-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Andrew Wiles
Tavalludi 11-aprel 1953-yil (1953-04-11) (71 yosh)
Cambridge, Angliya
Fuqaroligi Angliya
Sohasi Matematika
Institutlar
Akademik rahbarlari John Coates
Mashhur shogirdlari
  • Manjul Bhargava
  • Brian Conrad
  • Fred Diamond
  • Ritabrata Munshi
  • Karl Rubin
  • Christopher Skinner
  • Richard Taylor
Mashhur ishlari Taniyama–Shimura gipotezasi isboti, shu bulan bir qatorda Fermatning soʻnggi teoremasi isboti
Iwasawa teoreyasining asosiy gipotezasi isboti
Mukofotlari
  • Whitehead mukofoti (1988)
  • Rolf Schock mukofoti (1995)
  • Ostrowski mukofoti (1995)
  • Fermat mukofoti (1995)
  • Wolf mukofoti (1995/6)
  • Royal medali (1996)
  • NAS matematika mukofoti (1996)
  • Milliy fanlar akademiyasining chet ellik xodimi (1996)
  • Cole mukofoti (1997)
  • MacArthur stependiyasi (1997)
  • Wolfskehl mukofoti (1997)
  • King Faysal xalqaro mukofoti (1998)
  • Shaw mukofoti (2005)
  • Abel mukofoti (2016)
  • Copley medali (2017)

Wiles 1974-yilda Oxford universitetining Merton kollejida bakalavr darajasini olgan[3] . 1975-yil yozida Cambridge universitetining Clare kollejida ilmiy faoliyatini boshlagan va u yerda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4]. 1977-1980-yillarda Clare kollejida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan[5].

Wiles 1981-yil Princeton universitetida ishlay boshlagan[6]. 1985–86-yillarda Parisdagi Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida hamda Oliy normal maktabda ishlagan. 1988–90-yillarda Oxford universitetida ishlagan, soʻngra Princetonga qaytgan va u yerda 2009-yilgacha ishlagan. 2011-yilda yana Oxfordga qaytgan[6].

Manbalar

Havolalar