Anton Miranchuk

Anton Andreyevich Miranchuk (1995-yil 17-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Lokomotiv“ klubi va Rossiya terma jamoasida chap qanot yarim himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Anton Miranchuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAnton Andreyevich Miranchuk
Tavallud sanasi17-oktyabr 1995-yil (1995-10-17) (28 yosh)
Tavallud joyiSlavyansk-na-Kubani, Rossiya
Boʻyi1.85 m[1]
AmpluasiLeft winger
Attacking midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv Moscow
Raqami11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2010Olymp Slavyansk-na-Kubani
2011Spartak Moscow
2011-2017Lokomotiv Moscow

Jamoalardagi faoliyati

Yoshlik faoliyati

Slavyansk-na-Kubani shahrida tugʻilgan Miranchuk Moskvaning „Spartak“ klubiga oʻzi tugʻilgan „Olimp“ futbol maktabidan kelib qoʻshilgan. U jismoniy imkoniyatlari zaif boʻlgani uchun klubdan chetlatilgan. Shundan soʻng u egizak akasi Aleksey bilan Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga koʻchib oʻtgan[2].

Lokomotiv Moskva

2013-yil 30-oktyabrda Miranchuk kattalar futbolidagi debyutini Rossiya kubogi doirasidagi Volgogradning Rotor jamoasiga qarshi oʻyinda 88-daqiqada Viktor Obinna oʻrniga maydonga tushgan holda amalga oshirgan[3].

Levadiyada ijarada

2016-yil 2-fevralda Miranchuk Estoniyaning " Levadiya Tallinn " klubiga ijaraga berilgan[4]. U yangi jamoadagi debyutini 2016-yilning 2-aprelida Nomme Kalju bilan 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan[5]. 2016-yil 30-iyun kuni Miranchuk UEFA Yevropa ligasida ilk saralash bosqichida Farerning HB jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan jamoa tarkibida maydonga tushgan[6]. 2016-yil Meistriliiga mavsumining oxiriga kelib u 14 ta gol urishga erishgan. 

Moskvaning Lokomotiv jamoasiga qaytish

Miranchuk 2017-yilning 9-aprel kuni „Rostov“ga qarshi oʻyinda „ Lokomotiv“ safida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan[7]. 2018-yilning 24-oktyabr kuni u UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk golini 2018-19-yilgi mavsumda „ Portu „ga qarshi oʻz uyida jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan[8]. 2020-yil 27-oktabrda u UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida “Bavariya“ga qarshi oʻz uyida 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda gol muallifiga aylangan[9]. U 3-noyabr kuni oʻsha musobaqada „Atletiko Madrid“ ga qarshi oʻyinda yana gol urgan. 

Xalqaro karyera

Miranchuk 2017-yilning oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Rossiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan[10]. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. U turnirda ishtirok etmagan, chunki chorak finalda Rossiya Xorvatiyaga magʻlub boʻlgan. 

Shaxsiy hayoti

U Aleksey Miranchukning egizak akasi boʻlib, u ham Rossiya terma jamoasidagi jamoadoshi hisoblanadi. 

Karyera statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Lokomotiv Moscow2013-14RPL001010
2014-1500000000
2015-160000000000
2016-17300030
2017-182941010110415
2018-1926117461104016
2019-20173001010193
2020-21234206310327
2021-2291000010101
Jami107231142355014632
Levadia Tallinn (Ijara)2016Meistriliiga301410413515
Karyerda jami137371242765018147

Xalqaro

Milliy terma jamoaYilOʻyinGol
Rossiya201720
201850
201941
202052
Jami163
11 October 2020
Scores and results list Russiaʼs goal tally first, score column indicates score after each Miranchuk goal.
Yoʻq.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
108.06.2019Mordoviya Arena, Saransk, Rossiya  San Marino4-09-0UEFA Yevro-2020 saralashi
206.09.2020Pushkash Arena, Budapesht, Vengriya  Vengriya1-03-22020-21 UEFA Millatlar ligasi B
311.10.2020VTB Arena, Moskva, Rossiya  Turkiya1-01-12020-21 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlar

Lokomotiv Moskva

  • Rossiya Premer-ligasi : 2017-18
  • Rossiya kubogi : 2018-19, 2020-21[11]
  • Rossiya Superkubogi : 2019

Manbalar