Arekipa
Arekipa — Peruning Limadan keyingi ikkinchi katta shahri. Mista vulkani etagida, 2300 m balandlikda joylashgan; zilzila boʻlib turadi. Aholisi 634 ming kishi (1990). Peruning janubidagi savdo-tijorat, sanoat va madaniyat markazi; Tinch okeandan mamla-kat ichki rayonlariga boradigan temir yoʻl ustida. Toʻqimachilik, koʻn-teri, sovun, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet (1928) bor. A. inklarning qadimgi shahri oʻrnida ispanlar tomonidan 1540-yilda barpo etilgan. 16 — 18-asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari