Ariana gubernatorligi

Ariana gubernatorligi (arabcha: ولاية أريانة Vilāyat Aryānah; fransuzcha: Gouvernorat de l'Ariana) Tunisning yigirma toʻrt gubernatorligidan (viloyatlaridan) biridir.

Ariana gubernatorligi

ولاية أريانة
Skyline of Ariana gubernatorligi
36°51′45.00″N 10°11′44.02″E / 36.8625000°N 10.1955611°E / 36.8625000; 10.1955611 G O 10°11′44.02″E / 36.8625000°N 10.1955611°E / 36.8625000; 10.1955611 G O
Mamlakat Tunis
Hukumat
 • Gubernator Xaled Nuri (2022-yildan buyon)
Asos solingan 1983-yil mart[1]
Maydon 482 km2 (186 mi²)
Aholisi
 (2014-yil)
576 088
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i xx
Ariana gubernatorligi xaritada
Ariana gubernatorligi
Ariana gubernatorligi

Joylashuvi

Ariana gubernatorligi Tunisning shimolida joylashgan boʻlib, taxminan uchburchak shakliga ega. Uning bir tomoni Tunis koʻrfazining bir qismi boʻlib, 482 km² maydonni egallaydi. Poytaxti – Ariana shahri.

Geografiyasi

Gubernatorlik Tunis va Bizerta gubernatorliklari bilan chegaradosh.

Hududagi oʻrtacha harorat 18,7 °C ni, yillik yogʻingarchilik esa 450 millimetrni tashkil etadi.

Maʼmuriy boʻlinmalar

Maʼmuriy boʻlinmalar Ariana

Maʼmuriy jihatdan gubernatorlik yetti delegatsiya (mutadiyat), oltita munitsipalitet, toʻrtta qishloq kengashi va 42 ta sektorga (imadaga) boʻlingan.

Aholisi

2014-yilgi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra, gubernatorlikda jami 576,088 aholi istiqomat qilgan[2].

2004 va 2014-yillardagi aholini roʻyxatga olishda[2] delegatsiyalar va ularning aholisi quyida keltirilgan:

Delegatsiya2004-yilgi aholi2014-yilgi aholi
Ariana Medina97 687114 486
Ettadhamen78 31184 312
Kalaat al-Andalous23 04526 796
Mnihla53 75289 884
Raoued60 896106 414
Sidi Thabet19 40424 503
Soukra89 151129 693

Ariana gubernatorligida quyidagi oltita munitsipalitet joylashgan.

Manbalar