Atakan Karazor

Atakan Karazor (1996-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, VfB Stuttgart klubi yarim himoyachisi[1].

Atakan Karazor
Karazor VfB Stuttgart bilan, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi13-oktyabr 1996-yil (1996-10-13) (27 yosh)
Tavallud joyiEssen, Germaniya
Boʻyi1.90 m
AmpluasiMidfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
VfB Stuttgart
Raqami16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2012Schwarz-Weiß Essen
2012-2015VfL Bochum
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015-2017Borussia Dortmund II59(1)
2017-2018Holstein Kiel II7(1)
2017-2019Holstein Kiel26(2)
2019-VfB Stuttgart70(2)
2020VfB Stuttgart II2(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-sentyabr uchun)

Karazor kattalar safidagi faoliyatini Regionalliga West vakili Dortmund IIda boshlagan. 2019-yilda Stuttgartga qoʻshilgan.

Faoliyati

Holstein Kiel

2017-yil iyun oyida Karazor 2. Bundesliga vakili Holshteyn Kiel bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[2]. Mavsum oldidan oyogʻidan jarohat olgan[3] Karazor noyabrda jamoa safiga qaytdi. 23-yanvar kuni 1. Union Berlin FK ga qarshi oʻyinda (2-2) professional debyut qildi[4]. 2018-19-yilda ilk gollarini 17-fevralda „Holshtein-Stadion“ida SpVgg Greuther Fürth qarshi oʻyinda[5] kiritidi.

VfB Stuttgart

2019-yilning may oyida Karazor 4 yillik shartnoma asosida VfB Stuttgartga oʻtishi eʼlon qilindi. Kielga toʻlangan transfer narxi taxminan 1 million yevro[6] yoki 800 000 yevro ekanligi xabar qilingandi[7]

Karazor oliy ligada 2020-yil 3-oktabr kuni o‘z uyida „Bayer 04“ga qarshi o‘yinda (1:1) 84-daqiqada Daniel Didavi o‘rniga maydonga debyut qildi[8]. Keyingi yilning 24-oktabr kuni faoliyatida ilk bor „Mercedes-Benz Arena“da „Union Berlin“ga qarshi oʻyinda 35 soniya ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi[9].

2022-yil 19-may kuni Karazor VfB Stuttgart bilan shartnomasini 2026-yilning iyunigacha uzaytirdi[10]. Yozda Ispaniyada hibsga olingan va garovga olingandan keyin mashgʻulotlarga va oʻynashga qaytdi; klubning uni oʻynashi haqidagi qarorini sport direktori Sven Mislintat maʼqullagan[11].

Shaxsiy hayoti

Germaniyada tug‘ilgan Karazor asli turk[12].

2022-yil 11-iyun kuni VfB Stuttgart rahbariyati Karazor Ibizada taʼtilga chiqqanida hibsga olinganini tasdiqladi[13]. Tergovlar davom etishi barobarida dastkabki qamoqni oʻtagan. 21-iyul kuni 50 000 yevro garov puli toʻlaganidan soʻng qamoqdan chiqdi[14][15][16].

Faoliyat statistikasi

20-fevral, 2021-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaKubokJamiManba
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Borussia Dortmund II2015—2016Regionalliga West301301[17]
2016—2017Regionalliga West290290[17]
Jami591591
Holstein Kiel2017—20182. Bundesliga400040[17]
2018—20192. Bundesliga22220242[17]
Jami26220282
Holstein Kiel II2017—2018Oberliga Schleswig-Holstein5050[17]
2018—2019Regionalliga Nord2121[17]
Jami7171
VfB Stuttgart2019—20202. Bundesliga23220252[17]
2020—2021Bundesliga900090[17]
Jami32220342
VfB Stuttgart II2020—2021Regionalliga Südwest2020[17]
Jami faoliyati1266401306

Manbalar