Athanasia Tsoumeleka
Afanasia Tsoumeleka (grekcha: Αθανασία Τσουμελέκα , oʻqilishi [athanaˈsia tsumeˈleka]; 1982-yil 2-yanvar Preveze shahri) yunon poygachisi. U 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Athanasia Tsoumeleka | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Gretsiya |
Tavallud sanasi | 2-yanvar 1982-yil Preveza, Gretsiya |
Sport | |
Qaysi sport | Atletika |
Medallar | |
|-! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Olimpiada o'yinlari Oltin |
Hayoti
Athanasia Tsoumeleka 1982-yil 2-yanvarda Gretsiyaning Preveze shaharchasida tugʻilgan
2003-yilgacha Tsoumeleka deyarli mashhurlikka erisha olmagan sportchilardan biri edi va u oʻsha yili Jahon chempionatida yettinchi oʻrinni egallaydi. Hammani hayratda qoldirgan holda, Athanasia Tsoumeleka oʻz mamlakatida boʻlib oʻtgan 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medali uchun kurashda rossiyalik poygachi Olimpiada Ivanova (kumush medali) va avstraliyalik Jeyn Savilni (bronza medali) ortda qoldiradi. Yakuniy natijaga koʻra u mazkur musobaqada Gretsiya hisobiga bitta oltin medali kirishiga sabab boʻladi.
CERA testidagi ijobiy natija va diskvalifikatsiya qilinishi
2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Afanasia Tsoumeleka 20 kmga yurish bahslarida 9-oʻrinni egalladi. Oʻyinlar tugagandan soʻng, 6-avgust kuni u bergan siydik namunasi CERA uchun yangi testdan oʻtkazilganda eritropoetin moddasiga ijobiy natija berdi[1]. Tsoumeleka protseduraning haqiqiyligiga shubha bildirdi va keyin darhol sportni tark etishini eʼlon qildi[1]. 2009-yil 29-aprelda Tsoumeleka 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari paytida olingan qon namunasidagi testda CERA uchun ijobiy natija bergani eʼlon qilindi[2]. Athanasia Tsoumelekaning „B“ namunasi ham CERA uchun tarzda sinovdan oʻtdi[3]. 2009-yil 18-noyabrda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Athanasia Tsoumelekani 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida doppingdan foydalanishda ayblab, 20-ayollar oʻrtasidagi atletlar musobaqasidan diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi.
2008-yilgi Olimpiada oʻyinlarida 20 kmga yurish musobaqasida Athanasia Tsoumeleka 9-oʻrinni egalladi[4].