Atrek

Atrek – Eron va Turkmanistondagi daryo. Uzunligi 669 km. Havzasining maydoni 27,3 ming km2. Sebaz va Sulax daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Turkmaniston – Xuroson togʻlaridan boshlanadi va botqoqli delta orqali Kaspiy dengiziga quyiladi. Atrek qor va yomgʻirlardan suv oladi, bahorda toʻlib oqadi, yezda esa juda kamayib, quyi qismi butunlay qurib qoladi. Atrek kam suvli daryo, oʻrtacha yillik suv sarfi Qizilatrek shahri yaqinida 9,2 m³/sek, maksimal suv sarfi baʼzan 100 m³/sek ga yetadi. Yuqori qismida tor, chuqur vodiydan oqadi. Atrek suvi loyqa: har bir m3 suvda 18 kg oqindi bor. Daryoning koʻp suvi Eronda Mashhad-Kuchan vodiysini sugʻorishda sarf boʻlib, Turkmanistonga, xususan yezda suv kam keladi. Atrekning eng katta oʻng irmogʻi – Sumbar[1].

Atrek
forscha: اترک
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi669
HavzasiKaspiy dengizi
Suv sarfi9,2 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyiKurdiston
QuyilishiKaspiy dengizi
Joylashuvi
DavlatEron, Turkmaniston
Atrek

Manbalar