Avtomobil sanoati

Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, mo-torollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.

Zamonaviy avtomobil yigʻuv liniyasi. Geely kompaniyasi.
Ushbu videoda yangi SEAT, Škoda va Volkswagen avtomobillari temir yoʻl orqali tashilmoqda. Kutna Hora, Chexiya

Tarixi

Avtomobil sanoati 19-a oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topgan[1]. Dunyoda har yili oʻrta hisobda 70–100 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10 mln, avtobuslar 1,4–1,7 mln, qolganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning "Jeneral motors" (3,4), "Ford" (4,0), "Kraysler" (1,4) avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning "Toyota" (3,6), "Xonda" (1,9), "Nissan" (2,1) monopoliyalari, Germaniyaning "Folksvagen" (2,0), "Opel" (1,7), Fransiyaning "Reno" (1,6), Italiyaning "Fiat" (1,9) kompaniyalari yengil avto-mobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80-yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannar-xini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga koʻtarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Mas, "Ford" konserni oʻziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan boʻlimlarini kiritdi. "Folksvagen" Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.

Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati

Bu turkum uchun asosiy maqola: Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati
GM-Uzbekistan. Asakadagi eng yirik avtomobil zavodi

Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boʻldi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "OʻzDEU-avto", qoʻshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Da-mas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996-yil martdan yoʻlga qoʻyildi, 1996-yil 19-iyulda zavodning rasmiy ochi-lishi va xalqaro taqdimoti oʻtkazildi. 1996–99 yillarda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999-yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" – 28259, "Tiko" – 16380, "Damas" – 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995-yil "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moʻljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoʻshma korxo-nasini bunyod etildi. Oʻrta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moʻljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999-yil 16-martda boʻlib oʻtdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Oʻzbekistonda 136ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomo-bil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiri-ladi. Asaka avtomobil zavodida ham dast-labki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun but-lovchi qismlar ishlab chiqarishni ma-halliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida oʻnlab qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OʻzkoramKo", "Oʻz-Tong Xong", "Oʻz-Dong Yang", "Oʻz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oʻz-Sam Yang" va boshqa1998-yilda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koʻplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "Oʻzbek-Lada" shular jumlasidan-dir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.2000-yil boshida Sifatni standart-lash boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO-BMTning tashkiloti; 1946-yilda tuzil-gan) "OʻzDEUavto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifi-katini berdi.Baxtiyor Hasanov.

Dunyo

Quyidagi jadvalda soʻnggi yillarda butun dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan avtomobillarni umumiy soni va ushbu sanoatning oʻsish foizlari keltirilgan.

YilSoniOʻzgarishManba
199754,434,000[2]
199852,987,000 2.7%[2]
199956,258,892 6.2%[3]
200058,374,162 3.8%[4]
200156,304,925 3.5%[5]
200258,994,318 4.8%[6]
200360,663,225 2.8%[7]
200464,496,220 6.3%[8]
200566,482,439 3.1%[9]
200669,222,975 4.1%[10]
200773,266,061 5.8%[11]
200870,520,493 3.7%[12]
200961,791,868 12.4%[13]
201077,857,705 26.0%[14]
201179,989,155 3.1%[15]
201284,141,209 5.3%[16]
201387,300,115 3.7%[17]
201489,747,430 2.6%[18]
201590,086,346 0.4%[19]
201694,976,569 4.5%[20]
201797,302,534 2.36%[21]
201895,634,593 1.71%[22]
201991,786,861 5.2%[23]
202077,621,582 16%[24]

Eksport va import

Davlatlar miqyosida avtomobillar eksporti (2014)

from Harvard Atlas of Economic Complexity

Butun dunyo miqyosida avtomobillar importi va eksporti koʻrsatkichlari. 2011

Yetakchi kompaniyalar

Yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar Top 20 taligi (2021)
DavlatIshlab chiqarilgan (dona)
Xitoy
26 082 220
AQSh
9 167 214
Yaponiya
7 846 955
Hindiston
4 399 112
Koreya Respublikasi
3 462 404
Germaniya
3 308 692
Meksika
3 145 653
Braziliya
2 248 253
Ispaniya
2 098 133
Tayland
1 685 705
Rossiya
1 566 317
Fransiya
1 351 308
Turkiya
1 276 140
Indoneziya
1 121 967
Kanada
1 115 002
Chexiya
1 111 432
Slovakia
1 000 000
Buyuk Britaniya
932 488
Eron
894 298
Italiya
795 856

† = faqat yengil va kichiktonnajli avtomobillar„Ishlab chiqarish statistikasi“. OICA.

OICA sayti tahlillari boʻyicha 2017-yilda eng yirik 15 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar jadvali.[25]

OʻrinKompaniyaDavlatAvtomobil
1Toyota Yaponiya10,466,051
2Volkswagen Group Germaniya10,382,334
3Hyundai Koreya Respublikasi7,218,391
4General Motors AQSh6,856,880
5Ford AQSh6,386,818
6Nissan Yaponiya5,769,277
7Honda Yaponiya5,236,842
8Fiat Chrysler Automobilesa Italiya/ AQSh4,600,847
9Renault Fransiya4,153,589
10Groupe PSAa Fransiya3,649,742
11Suzuki Yaponiya3,302,336
12SAIC Xitoy2,866,913
13Daimler Germaniya2,549,142
14BMW Germaniya2,505,741
15Geely Xitoy1,950,382

Top 20

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar