Behzod Musayev
Behzod Anvarovich Musayev (1973-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri(2021—2022), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari (2020-2021), Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi (2018-2020). 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi kambagallikniqisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlangan[1][2][3].
Behzod Anvarovich Musayev | |
---|---|
Бехзод Анварович Мусаев | |
Oʻzbekiston Respublikasi kambagallikniqisqartirish va bandlik vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 30-dekabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri | |
Mansab davri 2021-yil 11-noyabrdan – 2022-yil 28-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Botir Parpiyev |
Vorisi | Amrillo Inoyatov |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2018-yil 11-may – 2020-yil 14-may | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Vorisi | Sherzod Qudbiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 23-noyabr 1973-yil Toshkent, OʻzSSR |
Mukofotlari |
Biografiya
1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi[4].
Mehnat faoliyati
1995—1998 — Oʻzbekiston Milliy banki xodimi, 1998—2006 — Moliya vazirligida ish olib borgan va boʻlim boshligʻigacha koʻtarilgan. Moliya vazirligida Behzod Musayev davlatning qimmatli qogʻozlar bozorini, soʻngra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirdi.2006-yildan 2010-yilgacha Hisob palatasining raisi sifatida faoliyat olib borgan, 2010-yildan 2011-yilgacha davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan, 2018-yil mart oyida esa ushbu lavozimga qayta tayinlangan. 2018-yilning may oyidan boshlab davlat soliq qoʻmitasi rahbari lavozimini egallagan[5]. 2020-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi[6]. 2021-yil 11-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri.
Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim? Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak
— Shavkat Mirziyoyev, [7]
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[8].