Bekon Rodjer
BEKON (Vason) Rodjer (taxminan 1214, Ilchester—1292, Oksford) — oʻrta asr ingliz faylasufi, tabiatshunosi. Xristian aqidalarining hayotdan ajralganligini tanqid qilib, tabiatni oʻrganishga, optika, mexanika ("amaliy geometriya"), astronomiyani tahlil qilishga chaqirdi. Ilohiyotni dunyoviy fanlardan ajratish tarafdori boʻddi. Tajriba, eksperiment va mat.ni barcha fanlar binosining poydevor toshi deb hisobladi. Tajribaga va mat.ga asoslangan bilish uslubini sxolastikdeduktiv uslubga qarshi qoʻydi. U mat.ga, tajriba — ilmiy eksperiment va ichki mistik "ruhlanish" ga katta ahamiyat berdi. B. bir necha ilmiy bashoratlar (teleskop, uchadigan apparat lar) haqida taxmin qildi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari