Biskay qoʻltigʻi
Biskay qoʻltigʻi — Atlantika okeanidagi qoʻltiq. Yevropaning gʻarbiy sohilida. Ispaniyaning shimoliy va Fransiyaning gʻarbiy qirgoklari oraligʻida. Maydoni 200 ming km². Oʻrtacha chuq. 1715 m, eng chuqur joyi 5100 m. Quruqlikka 400 km kirib borgan. Biskay qoʻltigʻi ga Luara va Garonna daryolari quyiladi. Tez-tez dovullar boʻlib turadi. Suvining temperaturasi fevralda 5— 12°, avgda 10—22°. Shoʻrligi 35%". Suv qalqishi sutkalik, 6,7 m gacha. Asosiy portlari: Bordo, Brest, SanSebastyan, Bilbao. Baliq va ustritsa ovlanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari