Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Chernogoriya sharafini xalqaro ayollar futbolida himoya qiladi. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan[1].

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Tarixi

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilda Chernogoriya mustaqillikka erishganidan olti yil oʻtib tashkil etilgan. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyatini Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tashkil qiladi va boshqaradi[2]. Jamoa Chernogoriyada ayollar futboli boʻyicha birinchi milliy musobaqa tashkil etilganidan toʻrt yil oʻtib tashkil etilgan. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiy Zoran Miyovich qoʻl ostida birinchi oʻyinini 2012-yilning 13-martida Barda shahrida Bosniya va Gersegovina ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan(2:3). Ikki kundan soʻng Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi birinchi durang qayd etdi(2:2)[3][4].

Chernogoriya 2013-yilning 4-aprelida 2015-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki oʻyinida Farer orollari bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Oradan ikki kun oʻtib, Chernogoriya Gruziya ayollar terma jamoasi ustidan gʻalaba qozondi (2:0).Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati (UEFA) saralash bosqichining soʻnggi bosqichiga turnirga chiqish huquqini bereadigan soʻnggi yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 2015-yilning aprel oyida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi yangi bosh murabbiy Dervis Hadziosmanovic qoʻl ostida jamoa tarixidagi eng yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi (safarda Shimoliy Makedoniya ayollar terma jamoasi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan)[5].

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Evro-2017 saralashida ishtirok etdi, biroq birorta ochko ololmadi. Chernogoriya Ispaniya ayollar terma jamoasiga qarshi saralash o‘yinida jamoa tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qayd etdi (0:13).

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yil aprel oyida Jahon chempionati saralashida ikkinchi marta ishtirok etdi. Farer orollari mezbonlik qilgan 2019-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bir g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bilan uchinchi o‘rinni egalladi (gollar farqi ijobiy edi (8:6)). Lekin Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Jamoa tasviri

Uy stadioni

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Gradski milliy stadionida yoki Mitar Mićo Goliš stadionida oʻtkazadi.

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi natijasi

Quyida Chernogoriya ayollar terma jamoasining har bir raqib terma jamoasiga qarshi oʻyinlari roʻyxati keltirilgan[6][7][8].

Raqib jamoaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatGollar farqi
 Albaniya
6
2
1
3
12:15
 Ozarbayjon
1
1
0
0
2:0
 Belarus
2
0
0
2
2:10
 Bosniya va Gersegovina
8
1
2
5
11:16
Xorvatiya
3
0
2
1
4:5
 Daniya
1
0
0
1
1:5
 Angliya
2
0
0
2
0:19
 Farer orollari
2
0
1
1
4:5
 Finlandiya
2
0
0
2
1:8
 Gruziya
1
1
0
0
2:0
 Germaniya
2
0
0
2
0:13
 Yunoniston
2
0
0
2
0:5
 Litva
1
0
1
0
1:1
Lyuksemburg
1
1
0
0
7:1
 Malta
2
1
0
1
2:2
 Shimoliy Makedoniya
3
3
0
0
19:1
 Portugaliya
2
0
0
2
1:9
 Shimoliy Irlandiya
4
0
0
4
0:19
 Rossiya
1
0
0
1
0:5
 Serbiya
1
0
0
1
0:4
 Sloveniya
2
0
0
2
0:9
 Ispaniya
2
0
0
2
0:20
 Turkiya
3
0
0
3
3:9
 Ukraina
4
0
0
4
3:16
 Uels
2
0
0
2
0:7
Jami
60
10
7
43
75:204

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi

LavozimiIsmiMan.
Bosh murabbiyMirko Marić
Ikkinchi yordamchi murabbiyIvan Tatar
Yordamchi murabbiyJadranka Pavićevich
Darvozabonlar murabbiyiFuad Osmanagich
DoktorMarinko Pauovich
Jismoniy terapevtlarSanja Jakich
Ivana Puxonja

Bosh murabbiylar tarixi

Chernogoriya ayollar terma jamoasi tarixidagi birinchi bosh murabbiy Zoran Miyovic boʻlgan. U 2012-yildan 2014-yilgacha jamoani boshqargan. 2015-yil boshida Dervis Hadziosmanovic yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bosh murabbiyMurabbiylik yillariOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar
Mijović, ZoranZoran Mijović2012-2015-yillar1713132170
Hadžiosmanović, DervišDerviš Hadžiosmanović2015-2017-yillar1741123167
Mirko Marić2018 — hozirgi kungacha2443172060

Oʻyinchilar

Hozirgi tarkib

2021-yil 21 va 26-oktyabr kunlari Ozarbayjon va Daniya ayollar terma jamoalariga qarshi 2023-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida quyidagi futbolchilar Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Gollar va oʻyinlar statistikasi 2021-yil 26-oktabr holatiga ko‘ra berilgan.   

0#0pos.FutbolchiTugʻilgan sanasi (yosh)IshtirokiGollariKlubi
121DAKrstović, AnastasijaAnastasija Krstović21-iyul 2003-yil (2003-07-21) (20 yosh)40  MNE Danilovgrad
221DAObradović, InesInes Obradović23-mart 1998-yil (1998-03-23) (26 yosh)130  SRB Red Star
11DAPerunović, NikolinaNikolina Perunović20-dekabr 2001-yil (2001-12-20) (22 yosh)00  MNE Mladost
22HMRadunović, MilicaMilica Radunović9-noyabr 1996-yil (1996-11-09) (27 yosh)110  MNE Mladost
32HMPopović, AleksandraAleksandra Popović3-may 1999-yil (1999-05-03) (25 yosh)310  KAZ Tomiris-Turan
42HMŠaranović, MajaMaja Šaranović11-noyabr 1999-yil (1999-11-11) (24 yosh)291  MNE Breznica
52HMMaraš, MarijaMarija Maraš23-sentyabr 2002-yil (2002-09-23) (21 yosh)100  MNE Breznica
62HMBulić, AnastasijaAnastasija Bulić4-aprel 2005-yil (2005-04-04) (19 yosh)10  MNE Danilovgrad
152HMBožić, HelenaHelena Božić14-fevral 1997-yil (1997-02-14) (27 yosh)330  SLO Pomurje
163YHDrešević, MajdaMajda Drešević28-sentyabr 2002-yil (2002-09-28) (21 yosh)00  MNE Danilovgrad
83YHTošković, AnđelaAnđela Tošković19-avgust 2004-yil (2004-08-19) (19 yosh)122  MNE Breznica
103YHKarličić, JelenaJelena Karličić5-oktyabr 2002-yil (2002-10-05) (21 yosh)80  FRA Bordeaux
133YHBečić, SvetlanaSvetlana Bečić13-avgust 2002-yil (2002-08-13) (21 yosh)20  MNE Danilovgrad
143YHSarić, JelenaJelena Sarić25-avgust 2002-yil (2002-08-25) (21 yosh)00  MNE Ekonomist
173YHĐukić, DarijaDarija Đukić11-yanvar 1996-yil (1996-01-11) (28 yosh)401  BLR Minsk
183YHCaković, NikolinaNikolina Caković7-aprel 2002-yil (2002-04-07) (22 yosh)00  MNE Budućnost
193YHMalesija, TanjaTanja Malesija19-avgust 2004-yil (2004-08-19) (19 yosh)101  MNE Danilovgrad
213YHBoričić, IvanaIvana Boričić26-may 2005-yil (2005-05-26) (19 yosh)30  MNE Budućnost
233YHBošnjak, EnidaEnida Bošnjak2-fevral 2002-yil (2002-02-02) (22 yosh)30  MNE Breznica
74HJBulatović, SlađanaSlađana Bulatović (captain)4-may 1994-yil (1994-05-04) (30 yosh)5717  ESP Rayo Vallecano
94HJStanović, NađaNađa Stanović10-sentyabr 1999-yil (1999-09-10) (24 yosh)143  POL Czarni Sosnowiec
114HJKuč, ArmisaArmisa Kuč11-aprel 1992-yil (1992-04-11) (32 yosh)5821  RUS Zenit
204HJĐurđevac, NađaNađa Đurđevac25-avgust 2002-yil (2002-08-25) (21 yosh)50  MNE Breznica

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari

Qalin yozilgan oʻyinchilar hali ham oʻz faoliyatini olib boradi (hech boʻlmaganda klub darajasida).

Eng koʻp maydonga ttushgan futbolchilar roʻyxati

#FutbolchiFaoliyat yillariOʻtkazgan oʻyinlar
1Armisa Kuč2012-hozirga qadar58
2Slađana Bulatović2012-hozirga qadar57
3Jasna Đoković2012-hozirga qadar48

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati

#FutbolchiFaoliyat yillariGollarOʻtkazgan oʻyinlar
1Armisa Kuč2012-hozirga qadar2158
2Slađana Bulatović2012-hozirga qadar1757
3Marija Vukčević2012-20201231

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqaladagi natijasi

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilganidan buyon katta turnirlar uchun ikkita saralash bosqichida ishtirok etdi. Ikkala holatda ham Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashdan oʻta olmadi.

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasiSaralash oʻyinlarida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi
YilBosqichNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yil  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi
1995-yil
1999-yil
2003-yil  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi
2007-yilKiritilmadiKiritilmadi
2011-yil
2015-yilSaralashdan oʻta olmadi1312101257
2019310286
2023-yilAniqlanmoqdaAniqlanmoqda
Jami0/81622122063

UEFA ayollar chempionati

UEFA ayollar chempionatida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasiSaralash oʻyinlarida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi
YilBosqichNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar
1984-yil  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi
1987-yil
1989-yil
1991-yil
1993-yil
1995-yil
1997-yil
2001-yil
2005-yil  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi
2009-yilKiritilmadiKiritilmadi
2013-yil
2017-yilSaralashdan oʻta olmadi8008251
20228008228
Jami0/13160016479

Yana qarang

Manbalar

Havolalar