Chov-yorgʻoq churrasi

Chov-yorgʻoq churrasi — moyak xaltasiga ichak va charvi sohasininig maʼlum bir qisimini tugʻma patologiya oqibatida tushib qolishi.

Chov-yorg'oq churrasi
KXK-10 K40
KXK-9 550
DiseasesDB [1]

Etiologiya

Chov-yorgʻoq churrasi qorin churralari qatoriga kiradi. Qorin churralari anatomik, etiologik va klinik belgilar boʻyicha farqlanadi:

  • Anatomik tasniflanish: chov, chov-yorgʻoq, son va kindik churralari
  • Etiologik tasniflanish: tugʻma va orttirilgan
  • Klinik koʻrinish boʻyicha: toʻgʻirlanadigan va toʻgʻirlanmaydigan.

Patogenezi

Bolalarda chov-yorgʻoq churralari tugʻma boʻlib, sababi qorin parda qin oʻsimtasini oblitiratsiyasi bilan bogʻliq. Xomilaning 7- oyidan boshlab moyak qorin parda qin oʻsimtasi bilan yorgʻoqqa tusha boshlaydi. Bu jarayon tugʻilgandan soʻng tugaydi va qin oʻsimta oblitiratsiyaga uchraydi.

Chov churrasi ultratovush tekshiruvida

Bu jarayonni buzilishi turli patologiyalarga sabab boʻladi. Qin oʻsimta butunlay bitmay qolishi chov churralarini xosil qiladi. Chov-yorgʻoq churralarini chaqaloqni dastlabki 1-2 oyligida koʻrina boshlaydi. Bola yigʻlaganda va bezovta boʻlganda bilinadi.

Churra tarkibiy qismlari

— Churra darvozasi

— Churra qopi

— Churra aʼzosi

Klinik manzarasi

Chov sohasida yorgʻoq yoki jinsiy lablarda yumaloq yoki shishsimon hosila, uning qorin boʻshligʻiga bosim ortganda (yigʻlasa, kulsa, ogʻir yuk koʻtarsa) paydo boʻlishi. Odatda qorin boʻshligʻida bosim pasayganda yoʻqoladi lekin yana osonlikcha paydo boʻladi[1].Asosan erkaklarda uchraydi. Churran 27 % erkaklarda uchrasa 3 % ayollarda uchrashi kuzatilgan[2].

Davolash

Churralar jarrohlik amaliyoti yordamida davolanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar