Classmates.com

classmates.com — bu ijtimoiy tarmoq xizmati. U 1995-yil 17-noyabrda Randy Conrads tomonidan Classmates Online, Inc sifatida tashkil etilgan[2].

classmates.com
Sayt turi
Ijtimoiy tarmoq
EgasiH.I.G. CapitalYaratilgan tomonidanRandy Conrads
URLwww.classmates.comTijoratAralashganIshga tushirildi17-noyabr, 1995-yil; 26 yil oldin (1995-11-17) [1]

U dastlab foydalanuvchilarga bolalar bogʻchasi, boshlangʻich maktab, oʻrta maktab, kollej, ish joylari va AQSh armiyasidagi guruhdoshlari va hamkasblarini topishda yordam bergan. 2010-yilda bosh direktor Mark Goldston veb-saytning „oʻrta maktab yilnomalari, film treylerlari, musiqiy treklar va fotosuratlar“ kabi „nostaljik tarkibga tobora koʻproq eʼtibor qaratish“ga oʻtishini taʼrifladi. Shu maqsadda va eski foydalanuvchilarni koʻproq jalb qilish uchun veb-sayt nomi va dizaynini oʻz ichiga olgan Memory Lanega oʻzgartirildi[3]. Biroq bu oʻzgarish qisqa muddatli boʻldi. Ular 2011-yilda Memory Lane brendidan voz kechishdi.

Korporativ maʼlumotlar

United Online, Inc. (Nasdaq: UNTD) Classmates Online-ni 2004-yilda sotib olgan[4] va 2015-yilgacha Classmates Media Corporation sho‘ba korxonasi[5] tarkibida kompaniyaga egalik qilgan va boshqargan.

Classmates Media Classmates.com[6] va MyPoints[7] brendlari ostida onlayn ijtimoiy tarmoq va marketing xizmatlarini boshqargan.

Classmates Media shuningdek, foydalanuvchilarga eski doʻstlarni topisj va ular bilan aloqa oʻrnatish uchun moʻljallangan quyidagi xalqaro saytlarni boshqargan:

2016-yil may oyida StayFriends saytlari Ströerga sotildi[8].

2015-yil avgust oyida Classmates kompaniyasini United Onlineʼdan 30 million dollarga H.I.G. Capital portfel kompaniyasi bo‘lgan PeopleConnect Holdings, Inc. tomonidan sotib olindi[9]. Classmates endi PeopleConnect kompaniyasining[10] boʻlimi sifatida ishlaydi. U ham Intelius ga egalik qiladi.

Classmates Media korporatsiyasining biznes modeli foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontent va pullik obunalar, reklama savdosidan tushgan daromad hisobiga ishlaydi[4].

Foydalanuvchilar va boshqa ijtimoiy tarmoq saytlari oʻrtasidagi reyting

Classmates Hitwise ijtimoiy tarmoq veb-saytlarining eng yaxshi 10 taligida paydo boʻlgan. 2009-yil iyunida u 0,45 % bozor ulushi bilan oʻninchi oʻrinni egallagan[11].

2008-yil boshida Nielsen Online ijtimoiy tarmoq saytlari orasida oylik tashrif buyuruvchilar (AQSh) boʻyicha Classmatesni uchinchi oʻringa qoʻydi.

2008-yil 30-iyun holatiga koʻra Classmates Media 50 milliondan ortiq aʼzoga ega boʻlsa-da, faqat 3,8 million pullik obunachisi bor.

2006-yilda The View teledasturida Classmates.com ning Qoʻshma Shtatlar va Kanadada 40 million [12] dan ortiq aʼzosi borligini aytgan.

2015-yil holatiga koʻra (kompaniya tashkil etlganiga 20 boʻlgan yili) Classmates 70 milliondan ortiq aʼzolarga ega edi[13].

Maxfiylik

Classmates.com aʼzolari „nickname“lardan emas[14], haqiqiy ismlardan foydalanadilar (ammo baʼzi aʼzolar soxta nomlardan foydalanadi). Aʼzoning maxfiyligi ikki tomonlama elektron pochta tizimi orqali himoyalangan. Shuning uchun elektron pochta manzillari va aloqa maʼlumotlari aʼzolarning oʻzlari tomonidan oshkor qilinmaguncha, hech qachon oshkor etilmaydi.

Roʻyxatdan oʻtish va tarmoqqa ulanish

Classmates.com saytining aʼzosi sifatida roʻyxatdan oʻtish bepul. Asosiy aʼzolar:

  • profillar yarating va doʻstlarni butun ijtimoiy tarmoq ichidan qidiring
  • profil qaydlarini joylash va ko‘rish
  • boshqa aʼzolarning profillari va rasmlarini koʻrish
  • Classmatesning raqamli yilnomalari toʻplamini koʻrib chiqish
  • uchrashuvlarni rejalashtirish uchun vositalardan foydalanish mumkin.

Raqamli yilnomalar toʻplami

Classmates veb-saytida 300 000 dan ortiq yillik kitoblardan iborat onlayn arxiv mavjud boʻlib, ularga bepul Classmates aʼzoligi bilan kirish mumkin.

Hozirda toʻplamdagi eng qadimgi yilnoma oʻrta maktabning (Manchester, NH) 1885-yilgi yilnomasidir. Sinfdoshlarning yillik toʻplamiga koʻplab mashhur kishilarning yillik kitoblari kiradi. Ular vaqti-vaqti bilan topiladi va kompaniyaning blogida joylashadi .

Uchrashuvlar

2015-yil holatiga koʻra Classmates aʼzolari 350 000 dan ortiq sinf uchrashuvlarini rejalashtirish uchun veb-saytdan foydalanganlar. Oʻsha yili 5 milliondan ortiq aʼzolar uchrashuvga taklif qilingan[13].

Bahsli biznes amaliyoti va huquqiy muammolar

Aʼzolikni yangilash va bekor qilish

Classmates.com saytida har bir hisob-kitob davri oxirida aʼzolikni avtomatik ravishda yangilash odatiy holdir. 2006-yil dekabr oyida PCWorld maydoni bir nechta kompaniyalarni oʻz xizmatlarini bekor qilish qanchalik oson yoki qiyinligini aniqlash uchun sinovdan oʻtkazganida, Classmates.com eng yomon reytingni olgan kompaniyalardan biri boʻlgan[15].

Soxta elektron pochta va hisob-kitoblar

Classmates.com qabul qiluvchilarga maktabdagi eski doʻstlari bilan qayta ulanishni xohlashlari haqida koʻplab elektron xatlar yuborgan (qabul qiluvchilar eski doʻstlarining aloqa maʼlumotlarini olish uchun Classmates.com aʼzoligini sotib olishlari kerak). 2008-yilda Classmates.com saytiga qarshi jamoaviy daʼvo qoʻzgʻatilgan. Ishning asosiy daʼvogarlari Devid Catapano va Anthony Michaels edi. Classmates.com daʼvoni hal qilish uchun foydalanuvchilariga 2,5 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgan[16].

Yashirin onlayn xarid toʻlovlari boʻyicha hisob-kitob

2010-yil 18-avgustda Nyu-York Bosh prokurori Endryu Kuomo chegirmali klublar sohasini tekshirish doirasida oltita kompaniya, shu jumladan Classmates bilan kelishuvga erishganini eʼlon qildi. Classmates toʻlovlarni qaytarish va isteʼmolchilarni oʻqitish uchun 2,1 million dollar toʻlashga rozi boʻlgan chakana sotuvchilar orasida edi[17]. Tekshirilayotgan amaliyotga koʻra, onlayn xaridlarni amalga oshirgan isteʼmolchilarga chegirmalar yoki naqd pulni qaytarish takliflari taqdim etilgan. Bu takliflarni qabul qilish notanish kompaniya nomlariga hisoblangan kichik-kichik takroriy toʻlovlarni keltirib chiqargan. Classmatesning hisob-kitobdagi ulushi 960 000 dollarni tashkil etadi[18].

Manbalar