Copa de la Liga

Futbol bo'yicha Ispaniya ligasi kubogi (ispancha: Copa de la Liga) — Ispaniyada 1983-1986 yillarda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tomonidan o'tkazilgan kelingan futbol turniridir. Avvaliga liga kubogini faqat Primera doirasida o'tkazish rejalashtirilgandi, biroq keyin musobaqani boshqa ligalarda, Segunda, Segunda B, Terseralarda ham o'tkazishga qaror qilindi.

Ispaniya ligasi kubogi
DavlatCopa de la Liga Ispaniya
Asos solingan sana1982-yil
Tugatilgan sana1986-yil
Amaldagi chempionBarselona
Eng koʻp yutganBarselona (2)

Tarix

Ispaniya ligasi kubogi tashabbuschisi Barselona jamoasi prezidenti Xosep Luis Nunyes hisoblanadi. Musobaqa qo'shimcha daromad va teletomoshabinlarni ko'proq jalb etish maqsadida tashkillashtirilgan edi. Ammo 1986-yilda jamoalar vaqt yetmayotganligi va o'yinlar ko'pligi uchun turnirni bekor qilishga kelishib olishdi.

To'rt mavsum mobaynida jami uchta jamoa kubok g'olibi bo'lishga erishdi: ikki marta Barselona (1982/1983 va 1985/1986) va bittadan Real Madrid (1985) va Real Valyadolid (1984).

Format

Liga kubogi musobaqasi Olimpiyacha tizimda ikkita o'yin o'tkazildi: uyda va mehmonda. Final ham ikkita o'yindan iborat bo'lgan. G'olib jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra aniqlangan. Ikkita o'yinda ham g'olib aniqlanmasa, qo'shimcha vaqtlar berilgan, undan so'ng, penaltilar seriyasi o'tkazilgan.

Barcha finallar (ikki o'yin)

YilG'olibFinalchiFinal natijalari
1983BarselonaReal Madrid2-2, 2-1
1984Real ValyadolidAtletiko Madrid0-0, 3-0
1985Real MadridAtletiko Madrid2-3, 2-0
1986BarselonaReal Betis0-1, 2-0