Craig Levein

Craig William Levein (talaffuzi: Kreyg Uilyam Levane) 1964-yil 22-oktyabrda Shotlandiyada tavallud topgan. Shotlandiyalik futbolchi va murabbiy Craig Levein himoyachi sifatida maydonda toʻp surgan.

Craig Levein Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifiCraig William Levein
Tugʻilgan22-oktyabr 1964-yil(57 yosh)

Shotlandiya
FuqaroligiFlag Shotlandii Shotlandiya
Boʻyi185 cm
Pozitsiyasihimoyachi

Futbolchi sifatidagi 14 yillik faoliyati davomida Craig Levein Shotlandiyaning „Cowdenbeath“ va „Heart of Midlotian“ klublarida o‘ynagan. Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasi safida 16 ta oʻyinda maydonga tushgan. Shu bilan bir qatorda Craig Levein 1990-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi ham hisoblanadi.

Craig William Leveinning murabbiylik faoliyati 1997-yilda oʻzining birinchi klubi „Cowdenbeath“da boshlangan. Uch yil oʻtgach, Craig William Levein oʻzi futbolchi boʻlgan boshqa jamoa „Heart of Midlothian“ uchun murabbiy boʻlishqa qaror qilgan. Keyinchalik mutaxassis Craig Levein Angliyaning „Leicester City“, Shotlandiyaning „Raith Rovers“, „Dundee United“ kabi klublarini boshqargan.

2009-yilning dekabridan 2012-yilning noyabrigacha Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasini boshqargan.

Shotlandiya terma jamoasi

Craig William Leveinning Shotlandiya terma jamoasidagi debyuti 1990-yilning 28-martida Argentina bilan oʻrtoqlik oʻyinida boʻlgan[1].

Oʻsha yili Craig William Levein Italiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati uchun „tartan armiyasi“ga kiritildi. Ushbu turnirda Craig William Levein Shvetsiyaga qarshi oʻyinda toʻliq vaqt davomida toʻp surdi[2].

1993-yil 24-martda raqibi nemislar boʻlgan oʻyinda Craig William Levein oʻzining birinchi va keyinroq maʼlum boʻlishicha, shotlandlarni sardorlik bogʻichi bilan xalqaro oʻyinga boshlab kirgan[3].

Umuman olganda, Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazgan.

Jamoalari

JamoaMamlakatMavsum
Cowdenbeath Shotlandiya1997-2000
Hearts Shotlandiya2000-2004
Leicester City  Angliya2004-2006
Raith Rovers Shotlandiya2006
Dundee United Shotlandiya2006-2009
Selección de fútbol de Escocia Shotlandiya2009-2012

Manbalar