Crash (film)

Crash (tarjimasi „Toʻqnashuv“) — rejissyor Paul Haggis[1] tomonidan suratga olingan, 2004-yil sentyabr oyida Toronto kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va 2005-yilda xalqaro prokatga chiqqan dramatik film. Film koʻplab tanqidchilar uchun kutilmaganda „Oscar“ tanlovi „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida sevimli deb hisoblangan „Brokeback Mountain“ filmini magʻlub etgan[2].

Crash

Film posteri
Rejissyor(lar) Paul Haggis
Prodyuser(lar) Don Cheadle
Paul Haggis
Katy Shulman
Ssenariynavis(lar) Robert Moresco
Paul Haggis
Rollarda Sandra Bullock
Don Cheadle
Matt Dillon
Studiya(lar) Lionsgate
Chiqarilgan sanasi 2004
Davomiyligi 112 daqiqa
Mamlakatlar AQSH bayrogʻi AQSh
Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Til inglizcha
Byudjeti 6,5 million $
Daromadi 98,4 million $

Film uch karra „Oscar“ sovrindori, ikki karra BAFTA sovrindori va ikki karra „Oltin globus“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Undan tashqari film bir nechta mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. Filmda ishtirok etgan Dillon Academy Awards, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild marosimlarida „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasini olgan.

Mazmuni

Film bir nechta avtohalokatlar, otishmalar va avtoulovlarning oʻgʻirlanishi orqali bir umumiy mavzu ostida birlashtirilgan bir nechta (men, men dunyodaman, men jamiyatdaman) qisqa hikoyalardan iborat. Deyarli barcha personajlar syujet davomida oʻz eʼtiqodlarini qayta koʻrib (oʻrganib) chiqishlari kerak boʻlgan mojarolarda ishtirok etadilar. Shuningdek, film davomida tomoshabin qahramonlarga bergan baholarini va ular haqidagi fikrlarini doimiy ravishda oʻzgartirishga majbur boʻladi. Sakkiz syujetning har birida rejissyor asosiy muammodan tashqari irqchilik, turli madaniyatlar toʻqnashuvi muammosini ham koʻtaradi. Turli xil personajlar ishtirokidagi epizodlar orqali bu film voqelik, hayot haqiqati va undagi munosabatlarni koʻrsatib beradi. Hikoyalar bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa-da, tomoshabin film orqali dunyoda nima boʻlishini oldindan aytib boʻlmasligini va uni naqadar shafqatsiz ekanligini koʻrishi mumkin.

Rollarda

AktyorRol
Don CheadleGraham Waters Detektiv Graham Waters
Matt DillonJohn Ryan Zobit John Ryan
Sandra BullockJean Cabot Jean Cabot
Brendan FraserRick Cabot Rick Cabot
Ryan PhillippeTom Hansen Zobit Tom Hansen
Terrence HowardCameron Thayer Cameron Thayer
Tandy NewtonChristine Thayer Christine Thayer
LudacrisAnthony Anthony
Jennifer EspositoRia Ria
Michael PeñaDaniel Daniel
Karina ArroyaveElizabeth Elizabeth
Bahar SumekhDorry Dorry
William FichtnerFlanagan Flanagan
Keith DavidDixon leytenant Dixon
Dato BakhtadzeLucien Lucien
Tony DanzaFred Fred
Sean ToubFarhad Farhad
Loretta DevineShaniqua Johnson Shaniqua Johnson
Daniel Dae KimPak Pak
Billy GalloHill Ofitser Hill
Marina SirtisSherin Sherin
Greg Young PikeChoi Choi
Lorenz TatePeter Waters Peter Waters
Kathleen YorkJohnson Ofitser Johnson
Beverly ToddGrahamning onasi
Jack McGeequrol do'koni egasi

Manbalar

Havolalar