DAX

DAX (nemischa: Deutscher Aktienindex, bozorda GER30 sifatida koʻrsatilgan) Germaniyaning eng muhim fond indekslaridan biridir. Indeks Germaniyadagi 40 ta eng yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aksiyalari narxining kapitallashuvi boʻyicha oʻrtacha qiymati sifatida hisoblanadi. DAX Britaniyaning FTSE 100 va Amerika Dow Jones indekslarining ekvivalenti hisoblanadi.

Logotipi

DAX 1988-yil 1-iyulda yaratilgan boʻlib, boshlangʻich qiymati 1000 balldan iborat.[1] Indeks Deutsche Börse AG tomonidan hisoblab chiqariladi.

2020-yil 24-noyabrda Deutsche Börse Germaniya iqtisodiyotining zamonaviy tuzilmasini toʻliqroq aks ettirish maqsadida indeksni oʻnta qoʻshimcha komponentga kengaytirilishini eʼlon qildi. Kengaytiruv 2021-yilning 3-choragida amalga oshirildi.[2]

Indeksni hisoblash

Frankfurt fond birjasidagi DAX kurslar tablosi

2016-yil yanvar oyidan boshlab indeks har savdo kuni Markaziy Yevropa vaqti bilan 9:06 dan boshlab hisoblab chiqiladi. DAX ni hisoblashda XETRA elektron birjasidagi aksiyalarning narxlaridan foydalaniladi.[3]

Etyen Laspeyres formulasi asosida hisob-kitob qilish uchun tanlangan listing kompaniyalarining aksiyalari narxlari ularning bozor kapitallashuviga qarab oʻlchanadi.[4]

Faqat erkin muomaladagi aksiyalargina hisobga olinadi. Agar kompaniya kapitali bir necha turdagi aksiyalarga (masalan, oddiy va imtiyozli aksiyalarga) boʻlingan boʻlsa, likvidligi yuqori boʻlgan aksiyalar turi qoʻllaniladi.[5]

Tanlov mezonlari

2021-yil sentabr oyidan boshlab kompaniyalar DAXga faqat bitta asosiy mezon – aksiyadorlik jamiyatining bozor kapitallashuvi boʻyicha kiritilish huquqiga ega.[6] Strategik investorlar qoʻlidagi emas, balki erkin muomalada boʻlgan barcha aksiyalarning umumiy qiymati hisobga olinadi. Boshqa oldingi mezonlar, masalan, ushbu qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish faolligi kabi mezonlar yoʻqoldi.

Bundan tashqari, yangi qatʼiy shart joriy etildi: DAX 40 uchun nomzodlar kamida ikki yillik daromadga ega boʻlishlari, shuningdek, muntazam ravishda nafaqat yillik va yarim yillik, balki har chorakda auditdan oʻtgan hisobotlarni taqdim etishlari kerak.[7]

Agar aksiyaning ogʻirligi 10% dan oshsa va aksiyaning 30 kunlik tarixiy oʻzgaruvchanligi 250% dan oshsa, aksiya qayta balanslash sanalari orasidagi indeksdan chiqarilishi mumkin.[8]

DAXga kiruvchi kompaniyalar

LogotipKompaniyaSohaQisqartmaIndeks koʻrsatkichi (%)1
AdidasOyoq kiyim va libosADS3.0056
AllianzSugʻurtaALV8.3724
BASFKimyo sanoatiBAS8.2032
BayerKimyo sanoatiBAYN8.3973
BeiersdorfIsteʼmol tovarlariBEI0.9325
BMWAvtomobilsozlikBMW2.6345
CommerzbankBank ishiCBK1.1907
Continental AGAvtomobilsozlikCON2.2923
Daimler AGAvtomobilsozlikDAI6.7480
Deutsche BankBank ishiDBK2.9358
Deutsche BörseBirja bitimlariDB11.7484
Deutsche LufthansaHavoyoʻllariLHA1.3356
Deutsche PostLogistikaDPW3.5570
Deutsche TelekomTelekommunikatsiyaDTE4.6638
E.ONEnergetikaEOAN1.9397
Fresenius Medical CareSogʻliqni saqlashFME1.7644
FreseniusSogʻliqni saqlashFRE2.5073
HeidelbergCementQurilishHEI1.2680
HenkelIsteʼmol tovarlariHEN31.8607
Infineon TechnologiesYarimoʻtkazgichlarIFX2.4453
LindeGaz sanoatiLIN3.2388
MerckFarmatseftikaMRK1.1156
Munich ReSugʻurtaMUV22.7216
ProSiebenSat.1 MediaMediabiznesPSM0.6338
RWEEnergetikaRWE0.8230
SAPDssturiy taʼminotSAP8.9800
SiemensMashinasozlikSIE8.9866
ThyssenKruppMashinasozlikTKA0.9738
Volkswagen GroupAvtomobilsozlikVOW32.9521
VonoviaKoʻchmas mulkVNA1.7724

2017-yil 29-dekabr holati boʻyicha.

Manbalar