Damat Rustam Posho

Damat Rustam posho (turkcha: Damat Rüstem Paşa; Usmonli xonadoniga kuyov boʻlganlar “Damat” deyilgan) 15001561) — Usmonlilar imperiyasining 35- va 37-Bosh vaziri, hukmdor Sulaymon I ning kuyovi.

Damat Rustam posho
Damat Rüstem Paşa
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vaziri
Mansab davri
1544-yil – 1553-yilgacha
Monarx Sulaymon I
Oʻtmishdoshi Hadim Sulaymon posho
Vorisi Qora Ahmad posho
Mansab davri
1555-yil – 1561-yilgacha
Monarx Sulaymon I
Oʻtmishdoshi Qora Ahmad posho
Vorisi Semiz Ali posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-may 1500-yil
Sarayevo
Vafoti 10-iyul 1561-yil(1561-07-10)
(61 yoshda)
Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Bolalari Qosim, Holid, Oysha Humoshoh Sulton

Biografiyasi

Damat Rustam posho Sarayevodagi Opukovichlar oilasidan ekanligi aytiladi[1][2][3]. Ammo baʼzi tarixchilar uni[4][5][6] Skradinalik xorvat deydilar[7], shuningdek, alban ekanligi ham aytiladi[8][9]. 1557 va 1561-yilgi hujjatlarda uni otasining ismi Abdurrahmon deyilgan. Ikki nafar ukasi va singlisi bor[10]. Ukasi Sinon bilan birga Istanbulga kelib, Enderunda tahsil oladi. 1526-yil i Mohachi jangida silohdor (podshoh qurolbardori) sifatida qatnashadi. Birozdan soʻng miroxurlikka tayinlanadi. 1533-yili Tekka sanjoqbeyi, keyinroq Diyorbakirda va Anatoliyada beklarbegi boʻladi. 1539-yili Sulton Sulaymon I Qonuniyning qizi Mehrimoh Sultonga uylanadi. 1541-yili devon vaziri boʻladi va 1544-yilda Bosh vazir (Vaziri Aʼzam) etib tayinlanadi[9]. 1553-yilda Shahzoda Mustafo qatl qildiriladi. Yanicharlar bunda Rustam poshoni ayblaydilar va natijada u lavozimidan boʻshatiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmad poshoni tayinlaydi.[11] 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.[12]. Shunday qilib Rustam vaziri aʼzamlikka qaytadi. 1561-yilda vafot etadi. Xoja Sinon tomonidan barpo qilingan Shahzoda masjidiga dafn qilingan.

Kinoda

  • Turkiyaning “Hurram Sulton (teleserial)” serialida Rustam posho rolini Serhat Narbantǒğlu ijro etgan.
  • TurkiyaningMuhtasham yuz yil” serialida Rustam posho rolini Özan Güven ijro etgan.

Manbalar

Yana qarang

Pargalı Ibrohim Posho