Dani Cancela

DanielDaniCancela Rodriguez (talaffuzi: Daniel Kansela Rodrigez) (1981-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan.

Dani Cancela
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiDaniel Cancela Rodríguez
Tavallud sanasi23-sentyabr 1981-yil (1981-09-23) (42 yosh)
Tavallud joyiA Coruña, Ispaniya
Boʻyi1.75 m (5 ft 9 in)
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Deportivo La Coruña
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2000—2006Deportivo B
2004—2005→ Malpica (Ijara)
2006—2008Fuenlabrada60(0)
2008—2010Lugo38(1)
2010—2022Kitchee155(4)
Milliy terma jamoa
2017—2019Hong Kong15(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ispaniyada tugʻilgan Dani 2010-yilda shartnoma imzolaganidan keyin oʻz faoliyatining koʻp qismini Hong Kongda Kitchee bilan oʻtkazgan va oxir-oqibat Hong Kong terma jamoasi vakili boʻlgan.

Klubdagi faoliyati

Ispaniya

Galisiyaning A-Korunya shahrida tugʻilgan Cancela bir necha yil „Deportivo de La Coruna“da oʻynagan, ammo rasmiy doimo zahiradan maydonga tushgan, u Deportivoliklar safida besh mavsum qolgan, ulardan toʻrttasini Tersera divizionida oʻtkazgan. Dani shartnoma davomida Malpica SDC jamoasiga ijaraga berilgan[1].

2006-yilda Estadio Riazordan ketganidan soʻng, Cancela Segunda B divizioniga koʻchib oʻtgan va ikki mavsum davomida CF Fuenlabrada va CD Lugo tarkibida oʻynagan[2].

Hong Kong

Cancela 2010-yilning 26-iyulida vatandoshlari Fernando Resio va Jordi Tarres bilan Hong Kongning Kitchee SC jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Keyingi yilning 28-yanvarida u shartnomasini yana ikki yilga uzaytirgan[3].

2022-yilning 19-avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finalida „BG Pathum United“ga qarshi oʻyindan soʻng, Cancela 40 yoshida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. U Mong Kok stadionida 250 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritgan[4].

Xalqaro faoliyati

Cancela Hong Kong pasportini 2017-yilning oktyabrida, 36 yoshida olgan[5]. U milliy terma jamoadagi debyutini 5-oktabr kuni Laosga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:0) oʻtkazgan[6].

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Fuenlabrada2006—2007Segunda Divizión B2901000300
2007—20083100000310
Jami6001000610
Lugo2008—2009Segunda Divizión B1601000170
2009—20102210000221
Jami3811000391
Kitchee2010—2011Hong Kong Birinchi Divizioni1503000180
2011—20121505070270
2012—20131005000150
2013—20141934000233
2014—2015Hong Kong Premyer Ligasi1108000190
2015—20161207100191
2016—20171917000261
2017—20188010040220
2018—20191708071321
2019—20201003000130
2020—20211606050270
2021—202230501090
Jami15547112412506
Karyerada jami25357312413507

Xalqaro

Milliy terma jamoaYilOʻyinGol
Hong Kong[7]201740
201860
201950
Jami150

Yutuqlari

Kitchee

  • Hong Kong Premyer-ligasi : 2014-2015, 2016-2017, 2017-2018, 2019-2020, 2020-2021
  • Hong Kong birinchi divizioni : 2010-2011, 2011-2012, 2013-2014
  • Hong Kong katta qalqon kubogi : 2016-2017, 2018-2019
  • Hong Kong FA kubogi : 2011-2012, 2012-2013, 2014-2015, 2016-2017, 2017-2018, 2018-2019
  • Hong Kong Sapling Kubogi : 2017-2018, 2019-2020
  • Hong Kong liga kubogi : 2011-2012, 2014-2015, 2015-2016

Manbalar