Dimetilanilin

Dimetilanilin , C6H5N(CH3)2 -uchlamchi aromatik amin. Mol. m.121. Rangsiz suyuqlik, qavoda oksidlanib, qoʻngʻir rangga kiradi. Qaynash temperaturasi 192,5—193,5°, suyuqlanish temperaturasi 2,5°. Suvda deyarli erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. D. sanoat miqyosida anilin bilan metil spirtdan (sulfat kislota ishtirokida) olinadi. D. boʻyoqlar (malaxit koʻki) sintezida, rangli fotografiyada va portlovchi moddalar (mas, tetril) i. ch.da keng qoʻllaniladi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil